Ulan-ude

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulan-ude (1934 y.gacha — Verxneudinsk) — RF Buryatiya Respublikasi gyuytaxti. Selenga daryosi oʻng sohilida. TransSibir temir yoʻl magistralidagi muhim temir yoʻl chorrahasi. Selenga daryosidagi pristan. Aholisi 359,4 ming kishi (2002).

1666 y.da kazaklarning Udinskoye qishlov joyi sifatida vujudga kelgan. 1689 y.dan Verxneudinsk qalʼasi, uning atrofida shahar shakllandi. 17-a.da Zabaykalye hududining maʼmuriy va harbiy markazi. 1783 y.dan Irkutsk noibligining, keyinchalik Irkutsk gubernyasining uyezd shahri; 1851 y.dan Zabaykalye viloyati tarkibida. Yirik savdo markazi. 1899 y.da shaxar orqali Sibir magistralining oʻtishi iqtisodiy rivojlanishga olib keldi. 1905 y.gacha surgun joyi edi. 1920 y. aprel—okt.da Uzoq Sharq Respublikasining poytaxti. 1921 —22 y.larda Uzok, Sharq Respublikasining Buryatlar muxtor viloyati markazi. 1923 y.dan Buryat Mongoliya muxtor SSR (1958 y.dan Buryatiya muxtor SSR) poytaxti. 1934 y. 27 iyulda U.U. (Qizil Ud a) deb ataldi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya, priborsozlik, kemasozlik, "Teplopribor" va b. zavodlar), yengil, oziqovqat, yogʻochsozlik korxonalari, shisha zavodi bor. Rosssya FA Sibir boʻlimi filiali, 4 oliy oʻquv yurti, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri) faoliyat koʻrsatmoqda. Muzeylardan tarixiy, etnografiya, badiiy buryat toshi, Sharq sanʼati, tabiat va b. muzeylar mavjud. Filarmoniya bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Odigitriyev sobori (18-a.), karvonsaroy (19-a. boshlari) va b. saklangan. Aeroport bor.