Zaynab Dayibekova
Zaynab Dayibekova Kazbekovna | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
19-noyabr 2002-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston |
Sport | |
Qaysi sport | qilichbozlik |
Medallar | |
![]() ![]() |
Zaynab Kazbekovna Dayibekova (tugʻ. 19-noyabr 2002-yil, Qoraqalpogʻiston) — oʻzbek qilichboz, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yilda BAAda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[1].
2019-yili Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) oʻtkazilgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Jahon kubogida u finalda Turkiyaning Nisonur Erbilni 15:12 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[2].
2021-yilda qilichbozlik boʻyicha Osiyo-Okeaniya litsenzion turnirida Zaynab Daiibekova Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi[3]. Finalda licenziya uchun kechgan jangda u Aigerim Saribayni (Qozogʻiston) 15:6 hisobida magʻlub etdi[4]. 2021-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan Zaynabni "Shuhrat" medali bilan taqdirladi[5]. Oʻsha yili Qohirada (Misr) qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida u yettinchi oʻrinni egalladi[6].
XXXMII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Zaynab oʻz chiqishlarini yaponiyalik Tika Aoki ustidan 15:9 hisobida gʻalaba qozonish bilan boshladi. U ikkinchi bosqichda Osiyo kumush medali sovrindori, xitoylik Shao Yaqini 15:10 hisobida magʻlub etdi. 1/8 finalda u yana koreyalik Yun Ji Suni 15:12 hisobida magʻlub etdi. Chorak finalda u jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori vengriyalik Anna Marton bilan uchrashdi, ammo 11:15 hisobida yutqazdi[7][8][9].
2021-yilda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Zaynabni Olimpiya harakatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun "Jasorat" medali bilan taqdirladi[10].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „За 2 месяца девушка получила два автомобиля от Президента“ (ru). Новости Узбекистана. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Зайнаб Дайибекова завоевала золотую медаль кубка Мира“ (ru). sport.ziyonet.uz. 31-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Зайнаб Дайибекова: «Я выполнила свое обещание перед Президентом»“ (ru). xs.uz. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Зайнаб Дайибекова завоевала лицензию на Токио-2020 + ФОТО“ (ru). Olamsport.com. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Узбекские спортсмены получили госнаграды от президента в честь «Дня молодёжи»“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „INTERNATIONAL FENCING FEDERATION - The International Fencing Federation official website“. INTERNATIONAL FENCING FEDERATION - The International Fencing Federation official website. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Саблистка Зайнаб Дайибекова дошла до четвертьфинала, но уступила сопернице - Nuz.uz“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (26-iyul 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ „Fencing Women's Sabre Individual - Bracket Results | Tokyo 2020“ (en-us). ... Qaraldi: 31-iyul 2021-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Дайибекова Зайнаб / Zaynab Dayibekova“ (ru). news.sportbox.ru. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
- ↑ uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXMII летних Олимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (13-avgust 2021-yil). Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
![]() |