Zaki Validiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Zaki Validiy
Валиди.jpg
Tavalludi 10 (22) dekabr 1890[1]
Vafoti 26-iyul 1970[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Russian Socialist Federative Soviet Republic va Turkiya
Otasi Äxmätşah Wälidov
Onasi Ummulhayat Validova
Imzo
Zeki Velidi Togan signature.svg
Zaki Validiyning bronza byusti Sankt-Peterburg shahrida

Zaki Validiy (taxallusi; asl ismi boshq.: Әхмәтзәки Әхмәтшаһ улы Вәлиди, Äxmätzäki Äxmätşah ulı Wälidi, ruscha: Ахмет-Заки Ахметшахович Валидов; muhojirlikda — Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon) (1890.10.12, Ufa gubernyasi, Bashkortoston — 1970. 26. 7, Istanbul, Turkiya) — boshqird, turkiy xalqlar milliy ozodlik harakatining yetakchilaridan biri, sharqshunos-turkshunos olim, falsafa d-ri (1935), harbiy–siyosiy arbobi.

Qozon shahar Qosimiya madrasasida tahsil koʻrgan (1908—12), shu yerda turkiy xalklar tarixi va adabiyotidan dars bergan (1910—13). "Turk va tatar tarixi" (1912, Qozon shahar) kitobi bilan mashhur boʻlgan. Qozon universiteti tarix, arxeologiya va eti. jamiyati yoʻllanmasi bilan Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish uchun Fargona vodiysida (1913), Rossiya FA Markaziy Osiyo va Uzok Sharkni tadqiq etish xalqaro jamiyati yoʻllanmasi bilan Buxoro amirligida (1914) yashadi. Turkiston va Volgaboʻyi turkiy xalqlari tarixi, turmush tarzi va madaniyati ustida i.t. lar olib bordi. Turkistonda Behbudiy, Munavvarqori, Choʻlpon, Mustafo Choʻqay, Nazir Toʻra-qulov va b. arboblar bilan tanishdi. Sankt-Peterburgda davlat dumasi musulmon fraksiyasi aʼzosi (1915). 1917-yil aprelda Toshkentga kelib, oʻlkadagi siyosiy jarayonlarda qatnashdi. ButunTurkiston musulmonlari 1-qurultoyida (1917-yil 16—23 aprel) tuzilgan Turkiston oʻlkasi musulmon shoʻrosi bosh kotibi, uning organi "Kengash" gaz. mu-harriri. Oʻlka xalqlari muxtoriyat harakatida faol ishtirok etib, turkiy el-elatlarning birligi va mustaqilligi gʻoyasini izchil himoya qildi. Toshkent sh.dumasining deputati (1917). 1917 i. oxiridan Boshqirdiston muxtoriyati va milliy harakati rahbarlaridan biri, hukumat boshligʻi va harbiy noziri. Muxtoriyat huquqi cheklab qoʻyilgach, shoʻrolar hukumati bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi. 1920-yil Buxoroga keldi va istiqlolchi guruxlarga siyosiy rahbarlik qiluvchi markaz tuzish maqsadida Buxoro hukumati boshligʻi Fayzulla Xoʻjayev va b. bilan muzokara yuritdi. Milliy birlik kongressida (1921-yil avg ., Buxoro sh.) Oʻrta Osiyo milliy musulmon jamiyatlari federatsiyasi (keyinchalik "Turkiston milliy birligi" deb atalgan) tashkil etilib, Validiy unga rais qilib saylandi, istiqlolchilik harakatining gʻoyaviy jipslashuvi uchun kurashdi, qizil askarlarga karshi janglarda qatnashdi. 1923-yil fevraldan — xorijda. Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyada va Yevropa mamlakatlarida ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. Istanbul, Bonn, Gyottingen universitetlarida turkiy xalklar tarixidan dars berdi. Ilmiy asarlari turk, nemis, fransuz, rus va b. tillarga tarjima etilib, nashr qilindi. Bulardan muhimlari: "Turkiy xalqlar tarixiga kirish", "Oʻrta Osiyo tarixining islom davri", "Turkiston", "Turkiylar shajarasi", "Temurning gʻarbga yurishlari", "Temur avlodlari", "Bugungi turk eli Turkiston va yaqin tarixi", "Sharkda shoʻrolar siyosati", "Turkistonning istiqlol harakatiga qarshi", "Beruniyning dunyoqarashi", "Alisher Navoiy", "Shayboniyxon sheʼriyati", "Tarixda turklar va forslar", "Xotiralar" va b.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vospominaniya, M., 1997; Boʻlingan-ni boʻri yer. Turkiston xalkdarining milliy mustaqillik uchun kurashi tarixidan [Xotiralar), T., 1997.
  • Монография докторской диссертации Махамаджона Абдурахманова "Научная деятельность А.З.Валидова в Туркестане", 2004г. г.Ташкент, Издательство "Фан" Академии наук РУз., 238стр., ISBN 5-648-03067-3, на русском языке.
  • Махамаджон Абдурахманов "А.З.Валиди: Поиск истоков историко-духовного наследия Туркестана", 2000г. г.Ташкент, Издательство «Янги аср авлоди», 102стр., ISBN 5-633-01212-7, на русском языке.
  • Ахмад Заки Валидий Тугон "Хотиралар. Туркистонда мустакиллик ва озодлик курашлар тарихи" («Воспоминания. История борьбы за независимость и свободу в Туркестане»), 2014г., г.Ташкент, Издательство «Истиклол нури», 609стр., ISBN 978-9943-4178-0-9, на узбекском языке, переводчик (с турецкого языка), научный редактор-составитель, подготовитель текста к изданию - Мухаммаджон Абдурахмонов.
  • Qahramon Rajabov

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)