Turkiston milliy birligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"TURKISTON MILLIY BIRLIGI" — Turkiston taraqqiyparvarlari tashkil qilgan siyosiy tashkilot (1921 — 42). Asosiy maqsadi Turkiston mintaqasining toʻliq mustaqilligiga erishib, yaxlit davlat tuzish boʻlgan. Dastlab "Oʻrta Osiyo milliy musulmon jamiyatlari federatsiyasi" nomi bilan tashkil qilingan (1921 y. avg .). Validiy uning Markaziy Qoʻmitasi (MK) raisi etib saylangan. MK tarkibiga Turkistonning nufuzli siyosiy arboblari kirgan, tashkilotning dasturi tasdiklangan. "Turkiston milliy birligib." bilan "Milshy ittihod" tashkiloti oʻzaro hamkorlikda faoliyat koʻrsatgan. Uning Samarkand shahrida boʻlgan 6kongressi (1921 y. 5—7 sent.)da 24 banddan iborat Nizom va Turkiston milliy bayrogʻi kabul qilingan. Mazkur kongress Turkiston mintakasidagi istiklolchilik harakatining gʻoyaviy jihatdan jipslashuviga xizmat qildi. "Turkiston milliy birligi b."ning 7kongressi (Toshkent sh., 1922 i. 18—20 sent.) Validiyga tashkilot faoliyatiga xalkaro jamoatchilik eʼtiborini qaratish va chet elda uning boʻlimlarini tuzish uchun xorijga borishni topshiradi. 1923 y. yozidan uning aʼzolari asosan chet ellarda faoliyat koʻrsatgan. Uning Yevropada 2 ta kongressi (1924 y. 23 noyabr, 1925 y. 1 may, Berlin) boʻlgan. "Yangi Turkiston" (muharriri Usmon Xoʻja, 1927 y. iyun — 1932 y. sent.; Istanbul va Berlin) va "Yosh Turkiston" (muharriri Mustafo Choʻqay; 1929 y.dek — 1939 y. avg .; Parij va Berlin) jurnalilari "Turkiston milliy birligib." organi hisoblangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Validiy 3., Boʻlinganni boʻri yer [Xotiralar], T., 1997; Oʻzbekistonningyangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Ziyoyeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, T., 2000.