Qozon universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qozon universiteti - Rossiyadagi eng qadimiy universitetlardan biri. 1804-yili Qozon shahrida tashkil etilgan. Matematika, fizika, geologiya, kimyo, biologiya, tarix, geografiya, huquq, filologiya, ekologiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tarkibida bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalar, muzeylar, nashriyot, ilmiy kutubxona (5 millionga yaqin asar) bor. Universitetda 11 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi, 1000 dan ortiq oʻqituvchi va ilmiy xodim ishlaydi.