Yuriy Churbanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuri Churbanov
Sovet Ittifoqi Ichki ishlar vaziri Birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
February 1980 – November 1984
Hukumat boshligʻi

Aleksey Kosigin

Nikolai Tikhonov
Vorisi Nikolai Ryzhkov
Avvalgisi Viktor Paputin
Keyingisi Vasily Trushin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-noyabr 1936-yil
Moskva, RSFSR, Sovet ittifoqi (hozirda Rossiya)
Vafoti 7-oktyabr 2013-yil(2013-10-07)
(76 yoshda)
Moskva, Rossiya
Siyosiy partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Galina Brejneva (sobiq)
Kasbi Siyosatchi

 

Yuriy Mixaylovich Churbanov (ruscha: Ю́рий Миха́йлович Чурба́нов; 1936-yil 11-noyabr – 2013-yil 7-oktyabr) Sovet siyosatchisi va uzoq yillik Bosh kotib Leonid Brejnevning kuyovi edi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Churbonov 1936-yil 11-noyabrda tugʻilgan. Yoshligida u komsomolning faol aʼzosi edi. 1960-yillarda Moskva davlat universitetida oʻqigan va huquq fakultetida oʻqigan. 1967-yilda u politsiyachi boʻlib ishlay boshladi va 1971-yilda Galina Brejneva bilan turmush qurishdan oldin politsiya podpolkovnigi boʻldi[1]. Uning Galina bilan nikohini otasi, Bosh kotib Leonid Brejnev tashkillashtirgan[2]. Churbanov Galina bilan oila qurgach, xotini va ikki farzandini tashlab ketgan. Galinaning dugonasi Rossiya matbuotiga ularning oʻrtasida sevgi boʻlmagani va ular bor-yoʻgʻi ikki marta oʻpishganini aytdi: birinchisi toʻyda, ikkinchisi esa Churbonov qamoqqa tashlanganida edi. Biroq, Churbonovning Galina bilan turmush qurishi uni tezda lavozimga koʻtarikishiga olib keldi. Galina bilan turmush qurganida, u politsiyachi boʻlib ishlagan, ammo toʻrt yildan keyin u Ichki ishlar vazirligi vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib, general harbiy unvoniga ega boʻlgan[3]. Churbonov Galinaning akasi Yuriy bilan birga oʻzbek paxtasi mojarosiga aloqadorligi sababli, oʻzlashtirish va korrupsiyada ayblanib hibsga olingan[4]. 1990-yilda, Churbonov hali qamoqda boʻlganida, Galina ajrashish uchun ariza bergan[1].

Churbonov 2013-yil 7-oktyabrda vafot etdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Churbanov_YM“ (ru). pseudology.org (2010-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 16-dekabr.
  2. „Galina Brezhneva“. The Economist (1998-yil 9-iyul). Qaraldi: 2010-yil 16-dekabr.
  3. „From the artist to the policeman. All the men in the life of Galina Brezhnev“ (ru). Russian International News Agency (2010-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 16-dekabr.
  4. Nikolaevna Vasilʹeva, Larisa. Kremlin wives. Arcade Publishing, 1994 — 221 bet. ISBN 1-55970-260-5. 
  5. „Памяти Юрия Михайловича Чурбанова... | Всероссийская общественная организация ветеранов“. Mgobb.ru. 2013-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.