Nikohni bekor qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikohni bekor qilish, ajralish — er-xotinning tiriklik chogʻida nikohning buzilishi. Oʻzbekistonda OK ajralishning asosiga qarab, uni amalga oshirish tartibini belgilagan. Qonunchilikka koʻra, nikohdan sudda va maʼmuriy tartibda, yaʼni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organida ajratiladi. Ajralish erxotindan birining yoki har ikkisining bergan arizasiga kura amalga oshiriladi. Agar er-xotin alohida yashasa, daʼvo javobgar er yoki xotin turgan joydagi sudda qoʻzgʻatiladi, tu-rar joyi nomaʼlum boʻlsa, ariza javobgar oxirgi yashab turgan joydagi sudga topshiriladi. Ajralish ishlari ochiq sud majlisida koʻriladi. Ajralish toʻgʻrisidagi ish er-xotinning arizasiga muvofiq, zarur hollarda, sudning ajrimiga asosan yopiq sud majlisida koʻrilishi ham mumkin. Sud ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun 6 oyga muhlat tayinlashga hakli. Sud er-xotinni yarashtirish maqsadida, zarur hollarda, ajrim nusxalarini ular yashaydigan joydagi xotin-qizlar qoʻmitalariga, oʻzini oʻzi boshqarish organi, mahalla oqso-qollari kengashiga, ular huzuridagi yarashtirish komissiyalariga muhokamaqilish va yarashtirish uchun yuborishi mumkin. Aniq holatlarni hisobga olgan holda sud, er-xotinning yoki ulardan birining arizasiga koʻra, ularning yarashishi uchun berilgan muhlatni oʻzgartirishga va bu muhlat oʻtgunga qadar ishni koʻrishga hakli. Sudlar ajralishning haqiqiy sabablarini aniqlab, oʻzining butun faoliyatini oilani saqlab qolishga va uni mustahkamlashga, onalik va bolalik manfaatlaryni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrishi lozim[1].

Quyidagi hollarda Nikohni bekor qilishq. sud tartibida koʻriladi: er-xotindan biri n.b.q.ga rozi boʻlmasa; oʻrtada voyaga yet-magan umumiy bolalar boʻlib, ularni kimda qoldirish va taʼminoti uchun aliment undirish yuzasidan nizo boʻlsa, er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz, muhtoj er yoki xotinga aliment undirish va uning miqdori haqidagi masala tugʻilsa; birgalikda umumiy mulkni boʻlish boʻyicha nizo boʻlsa.

Voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan erxotin n.b.q.ga oʻzaro rozi boʻlsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organida ajratiladi. Shuningdek, agar er-xotindan biri: sud tomonidan bedarak yoʻqolgan; ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki akli zaifligi) sababli muomalaga layokatsiz deb topilgan boʻlsa; sodir qilgan jinoyati uchun 3 yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlsa, oʻrtada voyaga yetmagan farzandlari borligidan qatʼi nazar, er-xotindan birining arizasiga koʻra, FHDYO organida nikoh bekor qilinadi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ajralish va tegishli nuances
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil