Yevromaydon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yevromaydon
ukr. Євромайдан

Tepa qator: YI bayrogʻi; xonanda Ruslana Yevromaydon qarorini oʻqimoqda; 27-noyabr Kiyev namoyishlari.
Oʻrtada: 1-dekabr namoyishlari.
Quyi qator: „inqilob archasi“; Kiyev shahar maʼmuriyati (11-dekabr); 8-dekabrda buzilgan Lenin haykali postamenti.
Joy Ukraina, asosan Kiyev
Sana 21-noyabr 2013[1]—bugun
Sabab
Maqsad
  • YI bilan assotsiatsiya va erkin savdo kelishuvi imzolanishi[1]
  • Prezident Viktor Yanukovich isteʼfosi[4]
  • Yanukovich va Azarov hukumatiga nisbatan xalqaro sanksiyalar[5]
  • Yangi saylovlar[6]
Belgilari Fuqarolik boʻysunmaslik, fuqarolik qarshilik, namoyishlar, online faollik, ish tashlash
Oʻlim(lar) Ukraina hukumati: 17[7];
YI bilan integratsiya tarafdorlari: 104–780[8]
Jarohat(lar) 1850-1900[9] (tibbiy yordam soʻraganlar)
681[10](kasalxonaga yotqizilganlar)
40 (muxbirlar)200-300 [11][12][13]
(militsiya xodimlari)
52-75 (hospitalized)
Qatnashchilar 300 000-700 000 Kiyev[14][15]
50 000 (Lvov)[16]
2 000-4 000 (Xarkov)[17]
3 000+ (Ivano-Frankivsk)
1 000 (Dnipropetrovsk)[18]
300 (Donetsk)[19]
150-200 (Simferopol)[20]
Hibs(lar) 234[21]

Yevromaydon[22] (ukr. Євромайдан;[23] Євро — „Yevro“ va maydan — „maydon“ soʻzlaridan) 2013-yil 21-noyabrda Ukrainada boshlangan eʼtirozlardir. Namoyishlar Ukraina hukumatining Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya hamda chuqur va har taraflama erkin savdo kelishuvlarini (ingl. Deep and Comprehensive Free Trade Agreement (DCFTA)) toʻxtatishini eʼlon qilishi bilan boshlandi.[24] Eʼtirozlarda avvaliga asosan universitet talabalari qatnashdi.[25][26][27][28] 30-noyabr kuni namoyishchilar va voqeani yoritayotgan muxbirlar Ukraina Ichki ishlar vazirligi maxsus Berkut boʻlimi tomonidan hujumga uchradi.[29][30] Bunday toʻqnashuv natijasida eʼtirozlar yanada kuchaydi, namoyishchilar soni kamida 350 mingdan oshib ketdi.[14]

Namoyish va toʻqnashuvlar koʻp sonli militsiya kuchlari, sovuq harorat va qorga qaramay davom etdi.[25][27] Kiyevdagi namoyishlarda 50-200 ming atrofida kishilar qatnashdi.[31][32] 2014-yil 19-21-yanvarida namoyishchilar va hukumat kuchlari orasida qattiq toʻqnashuvlar boʻldi.[33] 23-yanvardan boshlab viloyatlarda namoyishchilar mahalliy hukumat binolarini ishgʻol etishdi.[34]

Yevromaydonga aloqador kichik namoyishlar boshqa mamlakatlarda ham, jumladan Polsha, Birlashgan Qirollik, Olmoniya, Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Avstriya, Chexiya, Bolgariya, AQSH va Kanadada boʻlib oʻtdi.[35] 27-yanvar kuni Toshkentdagi Ukraina elchixonasi yonida bir necha kishi Ukraina, Gurjiston va Ukraina qoʻzgʻolonchilar armiyasi bayroqlari bilan tadbir oʻtkazishdi.[36]

Newsweek jurnalining 2014-yil 18-fevral sonida „Yevromaydon endilikda YI kelishuvi bekor qilinishiga qarshi gʻazabli javobgina emas, balki undan kattaroq tadbirga aylandi. Endi u Yanukovich va uning korrupsiyaga uchragan hukumatini toʻntarish; Ukrainani uning Rossiya bilan 200 yillik ogʻriqli munosabatidan chiqarish; hamda jazo tahdidisiz erkin eʼtiroz, nutq va fikr bildirishdek asosiy inson huquqlarini himoyalash haqidadir,“ - degan fikr bildirildi.[37]

Fevral oyi oxirida gʻalayonlar kulminatsiyaga yetdi. Prezident Yanukovichning partiyasi bir necha aʼzosidan ayrilganidan keyin yetakchilikni qoʻldan boy berdi. Natijada muxolifat Ukraina parlamentida yetakchilikka erishdi. Soʻngra parlament Kiyevdan politsiya kuchlarini olish, namoyishlarga qarshi qonunlarni bekor qilish, 2004-yilgi konstitutsiyani tiklash, siyosiy mahbuslarni ozod qilish va prezidentni agʻdarish haqida bir necha qonunlarni qabul qildi. 22-fevral kuni Yanukovich Ukrainaning eng katta shahri Xarkovga qochdi va parlamentning qarorlarini tan olmadi. Parlament boʻlsa 2014-yil may oyida saylovlar boʻladi deb belgiladi.[38][39] Oʻrnatilgan yangi hukumatning siyosatidan qoniqmagan rossiyaparast Ukrainaliklar namoyishlarga chiqa boshlashdi. Qrim boʻhroni boshlanib ketdi va u Qrim Muxtor Respublikasining Rossiya tomonidan anneksiya qilinishiga olib keldi. Ukrainaning boshqa hududlaridagi rossiyaparast aholi namoyishlarga chiqishda davom etdi.

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 EuroMaidan rallies in Ukraine — Nov. 21-23 coverage, Kyiv Post (25 November 2013)
  2. „Ukraine protest: EU deplores 'Russian pressure'“, BBC News (25-Noyabr 2013-yil). Qaraldi: 26-Noyabr 2013-yil.
  3. „One minister's dark warning and the ray of hope“, Kyiv Post. Qaraldi: 27-Noyabr 2013-yil.
  4. „Ukrainian opposition calls for President Yanukovych's impeachment“, Kyiv Post (21-Noyabr 2013-yil). Qaraldi: 27-Noyabr 2013-yil.
  5. Brian Bonner. „Two petition drives take aim at Yanukovych“, Kyiv Post (21-Noyabr 2013-yil). Qaraldi: 27-Noyabr 2013-yil.
  6. Herszenhorn, David M.. „Thousands of Protesters in Ukraine Demand Leader’s Resignation“ (1-Dekabr 2013-yil). Qaraldi: 2-Dekabr 2013-yil.
  7. Список погибших в ходе акций протеста в Украине (январь-март 2014). Дополняется LB.ua, 15 March 2014
  8. „Around 780 people die during protests in Ukraine in reality, say volunteer doctors“ (10-Aprel 2014-yil).
  9. „On Grushevskogo for Šutka postradali 1400 chelovek oppozitsiya“. „400+(50–100)+1400“.
  10. http://www.kyivpost.com/content/ukraine/some-700-protestors-hospitalized-in-past-two-months-335897.html
  11. „Clashes rage as 100,000 Ukrainians demand EU pact“. Yahoo! (2-Dekabr 2013-yil). Qaraldi: 24-Yanvar 2014-yil.
  12. „Міліція повідомила, що госпіталізовано 75 її бійців“ (Ukrainian) (2-Dekabr 2013-yil). Qaraldi: 3-Dekabr 2013-yil.
  13. „Medics were short on account of beat up police personnel (Медики недосчитались побитых демонстрантами милиционеров)“ ((Ruscha)) (3-Dekabr 2013-yil). Qaraldi: 3-Dekabr 2013-yil.
  14. 14,0 14,1 „Киев предреволюционный“ (1-Dekabr 2013-yil).
  15. Ash, Timothy. „The Orange Revolution MKII“ (1-Dekabr 2013-yil). Qaraldi: 1-Dekabr 2013-yil. „Today has seen huge demonstrations - likely well over the 100,000 that are reported to have attended last Sunday's demonstrations, and with some estimating well over 300,000.“.
  16. „#Євромайдан Львів встановив кількісний рекорд“ (1-Dekabr 2013-yil). 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  17. „Харьковский Евромайдан заночует на площади Свободы“, Vesti (1-Dekabr 2013-yil).
  18. „В Днепропетровске около 1000 человек требовали отставки виновных в разгоне Евромайдана“ (1-Dekabr 2013-yil).
  19. Interfax-Ukraine. „A rally of 300 in Donetsk demands Yanukovych's resignation“ (1-Dekabr 2013-yil).
  20. arxiv nusxasi, archived from the original on 2013-12-03, https://web.archive.org/web/20131203090509/http://an.crimea.ua/page/news/52653/, qaraldi: 2013-12-03 
  21. http://www.kyivpost.com/content/ukraine/on-the-brink-of-civil-war-335933.html
  22. „Украинада "Евромайдон"чилар бирикди“. Ozodlik Radiosi (26-Noyabr 2013-yil). 6-Dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-Dekabr 2013-yil.
  23. „"Євромайдан" вимагає скасування рішення уряду про відмову від євроінтеграції“(ukr.). Qaraldi: 25-Noyabr 2013-yil.
  24. „Ukraine drops EU plans and looks to Russia“, Al Jazeera (21-Noyabr 2013-yil). Qaraldi: 24-Noyabr 2013-yil.
  25. 25,0 25,1 Live updates of the protests, Kyiv Post (27, 28 & 29 November 2013)
  26. Students in Ukraine threaten indefinite national strike Arxivlandi 2013-12-02 Wayback Machine saytida., Euronews (26 November 2013)
  27. 27,0 27,1 Protests continue in Kyiv ahead of Vilnius EU summit Arxivlandi 2013-12-02 Wayback Machine saytida., Euronews (27 November 2013) Cite error: Invalid <ref> tag; name "ENEMp271113" defined multiple times with different content
  28. In Ukraine, Protests Highlight 'Generational Riftʼ, Radio Free Europe/Radio Liberty (27 November 2013)
  29. „Ukrainian police oust pro-EU protest from landmark Kiev square“ (30-Noyabr 2013-yil).
  30. Dispersion of students in Kyiv on 30 November
  31. Olzhas Auyezov and Jack Stubbs. „Ukraine opposition urges more protests, forms political bloc“ (22-Dekabr 2013-yil). 25-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-Yanvar 2014-yil.
  32. Ukraine pro-Europe protesters hold first big rally of 2014 Arxivlandi 2015-07-11 Wayback Machine saytida., Reuters (12 January 2014)
  33. „No Looting or Anarchy in this Euromaidan Revolution“. Qaraldi: 24-Yanvar 2014-yil.
  34. Ukraine protests 'spread' into Russia-influenced east, BBC News (26 January 2014)
  35. Goncharova, Olena. „Ukrainians find help abroad in their struggles (updated)“ (28-Noyabr 2013-yil).
  36. „За тысячи километров от Киева (Kiyevdan minglab chaqirim uzoqda)“, Lenta.ru (30-Yanvar 2014-yil).
  37. „Kiev’s Minstrel of the Street Revolution“ (18-Fevral 2014-yil).
  38. http://www.interpretermag.com/ukraine-liveblog-day-5-yanukovych-topples/#1543
  39. http://www.washingtonpost.com/blogs/worldviews/wp/2014/02/20/ukraines-parliament-just-threw-president-yanukovych-under-the-bus-thats-great-news/

Havolalar[tahrir]