Ozodlik radiosi
Radio Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi | |
---|---|
![]() | |
Turi | Notijoriy, nodavlat tashkilot |
Sanoat | Yangiliklar, tahliliy maqolalar |
Ishga tushgan sanasi |
1949 (Radio Ozod Yevropa) 1953 (Ozodlik radiosi) 1976 (ikkisi birlashgan) |
Joylashuvi | Praga, Chexiya |
Direktori | John Giambalvo va Nenad Pejic |
Vebsayti | www.rferl.org |
Ozodlik radiosi, Ozodlik, Ozod Yevropa (inglizcha: Radio Free Europe/Radio Liberty, RFE/RL) — bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi notijoriy, nodavlat xalqaro radiostansiya. Ozodlik radiosi Sharqiy Yevropa, Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharq mamlakatlari haqida yangilik va maʼlumot berib boradi. Ozodlik radiosi 28 tilda, shu jumladan, oʻzbek tilida ham translatsiya qiladi. Ozodlik radiosi Oʻzbekiston to‘silgan edi,ammo 2017-yildan beri o‘z faoliyatini emin-erkin yuritib keladi.
Ozodlik radiosiga Sovuq Urush paytida kommunizmga qarshi stansiya sifatida Germaniyaning Munhen shahrida asos solingan. 1949-yildan 1995-yilgacha stansiyaning asosiy binosi shu yerda boʻlgan. 1995-yil stansiyaning markazi Chexiya poytaxti Pragaga koʻchirilgan.
Faqat musibatgina bizga buyuklik va ilohiylik eshiklarini ochadi.
Oʻzbek xizmati[tahrir]
Ozodlik radiosining oʻzbek xizmati 1992-yining 16-mart kuni Germaniyaning Munhen shahrida oʻz faoliyatini boshlagan.[1] Hozirgi kunda Ozodlik radiosining oʻzbek xizmati derektori Alisher Siddiqdir.
Shuningdek qarang[tahrir]
Manbalar[tahrir]
- ↑ "Ozodlik radiosi oʻzbek xizmati 2000 yoshda". Ozodlik radiosi. 12-mart, 2013. http://www.ozodlik.org/content/article/24926656.html. Qaraldi: 15-iyun, 2013.
Havolalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Ozodlik radiosi haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |