Jettiosor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yetti osordan yoʻnaltirildi)

Jettiosor, yetti osor (yetti yodgorlik) — Sirdaryoning eski oʻzani Quvondaryo havzasida joylashgan 20 ga yaqin qad. qoʻrgʻon-qalʼa harobalari majmuasi (mil. av. 32-asrmil. 78-asr). 1946, 1949—62 yillarda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi tadqiqot ishlari olib borgan. Qad. sugʻorish inshootlari qoldiqlari topilgan. Mustaxkamlangan qurgʻonlar (ulardagi turar joy binolari), qalʼalar, istehkomli qoʻrgʻonqalʼa va mozorqoʻrgʻonlar tekshirilgan. Ularning devorlari somonli gʻishtdan qurilgan. Devorlarning pastki qismida qamish (Xorazm mahalliy meʼmorligida hozir ham ishlatiladi) qoldiqlari topilgan. Istehkomli qoʻrgʻon-qalʼa — Oltinosor bu harobalar ichida eng yirigi boʻlib, mayd. 17 ga. Devori (kengligi 1,5—2 m, bal. 3,5 m) paxsa va xom gʻishtdan. Tashqi devori shinak va burjli boʻlgan. 2 qavatli katta turar joy binosi oʻrni ochilgan. J.da yorgʻuchoq, tegirmon toshi, turli shakldagi sopol idishlar (kuvacha, xumcha, xumlar va b.), kamon oʻq uchi —paykon, turli taqinchoq (uzuklar va b.) lar topilgan. Sopol idishlar ochsariq, qora jigarrang , qizil, koʻk, oq angob bilan boʻyalgan, ayrimlarining pastki qismida qora zaminga oq chiziq tortilgan. J. moddiy madaniyati Xorazmdagi afrigʻiylar madaniyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. S. P. Tolstovning fikriga koʻra, J. yodgorliklari toharlarga mansub boʻlgan. Aholi patriarxal urugʻchilik tuzumida yashab sugʻorma dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan mashgʻul boʻlgan. Keyinchalik J. aholisi Amudaryo va Sirdaryo boʻylariga koʻchib oʻtgan.

Ad.Tolstov S. P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Levina L . M ., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil