Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi
Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi (Hinotori Nippon) yoki Butun Yaponiya ayollar voleybol terma jamoasi Yaponiya sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiladigan jamoadir. Hozirda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi FIVB reytingida 10-oʻrinni egallaydi[1]. Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining yangi bosh murabbiy Masayoshi Manabedir.
Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining eng katta muvaffaqiyatlaridan biri 1964-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida juda koʻp jamoalarni magʻlub etgan Sovet Ittifoqi ayollar milliy voleybol terma jamoasini magʻlub etishib, oltin medalni qoʻlga kiritishgani boʻlgan edi.

Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi 8-maydan 16-maygacha Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Olimpiada oʻyinlarining voleybol sport turi boʻyicha saralash bosqichida gʻalaba qozonib, 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi. Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi umumiy reytingda beshinchi oʻrinni egalladi.
Nihoyat, deyarli oʻttiz yillik Olimpiadadagi medal qurgʻoqchiligidan soʻng, Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreya ayollar milliy voleybol terma jamoasini magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[3].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2012-yilgi London Olimpiadasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi 2012-yilgi FIVB ayollar oʻrtasidagi Jahon Olimpiada saralash turnirida Osiyoning eng yaxshi jamoasi sifatida 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi. 2012-yilgi Olimpiadada Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Dominikan Respublikasi, mezbon Buyuk Britaniya va Jazoir ayollar milliy voleybol terma jamoalari bilan A guruhidan joy olgan edi. Yakunda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni egalladi. Chorak finalda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi osiyolik azaliy raqibi Xitoy ayollar milliy voleybol terma jamoasi bilan toʻqnash keldi. Xitoy ayoolar milliy voleybol terma jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etgan ushbu hayajonli oʻyinda Saori Kimura va Yukiko Ebata 33 ochkodan jamgʻargan edi[4]. FIVB oʻyinlariga kelsak, bu Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining Xitoy termasi ustidan 11 yil ichida birinchi gʻalabasi boʻldi. 2012-yilning 9-avgustida yarim finalda yaponiyaliklar amaldagi chempion Braziliya ayollar milliy voleybol terma jamoasiga qarshi oʻynadi[5]. 2012-yil 11-avgust kuni bronza medali uchun oʻyinda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi Janubiy Koreya ayollar voleybol terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etdi. Bu yaponiyaliklar uchun 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan keyin birinchi Olimpiadaning voleybol medali edi[6]. 2012-yil 13-avgustda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy voleybol terma jamoasi va Braziliya ayollar milliy voleybol terma jamoasidan keyin dunyo reytingida 3-oʻrinni egalladi.
2020-yilgi Tokio Olimpiadasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbon davlat boʻlgan. Tokiodagi olimpiada oʻyinlarida Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining guruhdagi boshqa jamoalari Keniya ayollar milliy voleybol terma jamoasi, Serbiya, Braziliya, Koreya va Dominikan Respublikasi milliy ayollar terma jamoalari edi[7]. Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining ochilish oʻyini 2021-yil 25-iyul kuni Tokioda Keniya ayollar milliy voleybol terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtdi[8]. Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi birinchi oʻyinda Keniya terma jamaosini toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub etishdi[9] va Serbiya, Braziliya, Koreya va Dominikan Respublikasi ayollar milliy voleybol terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda yutqazib qoʻyishdi. Natijada ular chorak final yoʻllanmasini qoʻldan boy berdi[10].
6 ta yirik jahon unvonlari sohibi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Oʻyinlar | Mezbon | Birinchi oʻrin egasi | 2-oʻrin sohibi |
---|---|---|---|---|
1962 # | 4-jahon chempionati | SSSR | ![]() |
![]() |
1964 # | Tokio Olimpiadasi oʻyinlari | Yaponiya | ![]() |
![]() |
1967 # | 5-jahon chempionati | Yaponiya | ![]() |
![]() |
1974 & | 7-jahon chempionati | Meksika | ![]() |
![]() |
1976 & | Montreal Olimpiada oʻyinlari | Kanada | ![]() |
![]() |
1977 & | 2-jahon chempionati | Yaponiya | ![]() |
![]() |
Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
Olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1964 —
Oltin Medal
1968 —
Kumush Medal
1972 —
Kumush Medal
1976 —
Oltin Medal
1984 —
Bronza Medal
1988 — 4-oʻrin
1996 — 9-oʻrin
2004 — 8-oʻrin
2008 — 7-oʻrin
2012 —
Bronza Medal
2016 — 8-oʻrin
2020 — 10-oʻrin
Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1960 —
Kumush Medal
1962 —
Oltin Medal
1967 —
Oltin Medal
1970 —
Kumush Medal
1974 —
Oltin Medal
1978 —
Kumush Medal
1982 — 4-oʻrin
1986 — 7-oʻrin
1990 — 8-oʻrin
1994 — 7-oʻrin
1998 — 8-oʻrin
2002 — 13-oʻrin
2006 — 6-oʻrin
2010 —
Bronza Medal
2014 — 7-oʻrin
2018 — 6-oʻrin
2022 — 5-oʻrin
Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1973 —
Kumush Medal
1977 —
Oltin Medal
1981 —
Kumush Medal
1985 — 4-oʻrin
1989 — 4-oʻrin
1991 — 7-oʻrin
1995 — 6-oʻrin
1999 — 6-oʻrin
2003 — 5-oʻrin
2007 — 7-oʻrin
2011 — 4-oʻrin
2015 — 5-oʻrin
2019 — 5-oʻrin
Jahon chempionati kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1993 — 4-oʻrin
1997 — 5-oʻrin
2001 —
Bronza Medal
2005 — 5-oʻrin
2009 — 4-oʻrin
2013 —
Bronza Medal
2017 — 5-oʻrin
FIVB Jahon Gran-prisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1993 — 6-oʻrin
1994 — 4-oʻrin
1995 — 7-oʻrin
1996 — 8-oʻrin
1997 — 4-oʻrin
1998 — 7-oʻrin
1999 — 7-oʻrin
2000 — 8-oʻrin
2001 — 6-oʻrin
2002 — 5-oʻrin
2003 — 9-oʻrin
2004 — 9-oʻrin
2005 — 5-oʻrin
2006 — 6-oʻrin
2007 — 9-oʻrin
2008 — 6-oʻrin
2009 — 6-oʻrin
2010 — 5-oʻrin
2011 — 5-oʻrin
2012 — 9-oʻrin
2013 — 4-oʻrin
2014 —
Kumush Medal
2015 — 6-oʻrin
2016 — 9-oʻrin
2017 — 7-oʻrin
FIVB Millatlar Ligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018 — 10-oʻrin
2019 — 9-oʻrin
2021 — 4-oʻrin
2022 — 7-oʻrin
1966 —
Oltin Medal
1970 —
Oltin Medal
1974 —
Oltin Medal
1978 —
Oltin Medal
1982 —
Kumush Medal
1986 —
Kumush Medal
1990 —
Bronza Medal
1994 —
Bronza Medal
1998 —
Bronza Medal
2002 —
Bronza Medal
2006 —
Kumush Medal
2010 — 6-oʻrin
2014 — 4-oʻrin
Kontinental[tahrir | manbasini tahrirlash]
Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
1975 —
Oltin Medal
1979 —
Kumush Medal
1983 —
Oltin Medal
1987 —
Kumush Medal
1989 —
Bronza Medal
1991 —
Kumush Medal
1993 —
Kumush Medal
1995 —
Bronza Medal
1997 —
Bronza Medal
1999 —
Bronza Medal
2001 — 4-oʻrin
2003 —
Kumush Medal
2005 —
Bronza Medal
2007 —
Oltin Medal
2009 —
Bronza Medal
2011 —
Kumush Medal
2013 —
Kumush Medal
2015 — 6-oʻrin
2017 —
Oltin Medal
2019 —
Oltin Medal
2021 — Bekor qilingan
Osiyo chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1975 —
Oltin Medal
1979 —
Kumush Medal
1983 —
Oltin Medal
1987 —
Kumush Medal
1989 —
Bronza Medal
1991 —
Kumush Medal
1993 —
Kumush Medal
1995 —
Bronza Medal
1997 —
Bronza Medal
1999 —
Bronza Medal
2001 — 4-oʻrin
2003 —
Kumush Medal
2005 —
Bronza Medal
2007 —
Oltin Medal
2009 —
Bronza Medal
2011 —
Kumush Medal
2013 —
Kumush Medal
2015 — 6-oʻrin
2017 —
Oltin Medal
2019 —
Oltin Medal
2021 — B3ekor qilingan
Osiyo kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008 — 4-oʻrin
2010 — 4-oʻrin
2012 — 5-oʻrin
2014 — 4-oʻrin
2016 — 4-oʻrin
2018 —
Kumush Medal
2022 —
Oltin Medal
Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]
Quyida Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining 2022-yilgi jahon chempionatidagi tarkibi keltirilgan
Bosh murabbiy: Masayoshi Manabe
Raqam | Familiya va ism | Tugʻilgan sanasi | Boʻyi | Ogʻirligi | Sakray olish balandligi | Blok | 2021—2022-yilgi klubi |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2 | Mami Uchiseto | 1991-yil 25-oktyabr | 1.70 m (5 ft 7 in) | 70 kg (150 lb) | 296 cm (117 in) | 285 cm (112 in) | ![]() |
3 | Sarina Koga (c) | 1996-yil 21-may | 1.80 m (5 ft 11 in) | 68 kg (150 lb) | 307 cm (121 in) | 290 cm (110 in) | ![]() |
4 | Mayu Ishikawa | 2000-yil 14-may | 1.73 m (5 ft 8 in) | 66 kg (146 lb) | 300 cm (120 in) | 285 cm (112 in) | ![]() |
5 | Haruyo Shimamura | 1992-yil 4-mart | 1.82 m (6 ft 0 in) | 79 kg (174 lb) | 297 cm (117 in) | 290 cm (110 in) | ![]() |
10 | Arisa Inoue | 1995-yil 8-may | 1.80 m (5 ft 11 in) | 67 kg (148 lb) | 300 cm (120 in) | 289 cm (114 in) | ![]() |
12 | Aki Momii | 2000-yil 7-oktyabr | 1.76 m (5 ft 9 in) | 65 kg (143 lb) | 285 cm (112 in) | N/A | ![]() |
15 | Kotona Hayashi | 1999-yil 13-noyabr | 1.73 m (5 ft 8 in) | 60 kg (130 lb) | 292 cm (115 in) | 280 cm (110 in) | ![]() |
19 | Nichika Yamada | 2000-yil 24-fevral | 1.84 m (6 ft 0 in) | 73 kg (161 lb) | 310 cm (120 in) | 288 cm (113 in) | ![]() |
22 | Satomi Fukudome | 1997-yil 23-noyabr | 1.62 m (5 ft 4 in) | 60 kg (130 lb) | 275 cm (108 in) | Yoʻq | ![]() |
23 | Mami Yokota | 1997-yil 10-dekabr | 1.78 m (5 ft 10 in) | 62 kg (137 lb) | 298 cm (117 in) | Yoʻq | ![]() |
26 | Airi Miyabe | 1998-yil 29-iyul | 1.81 m (5 ft 11 in) | 63 kg (139 lb) | 309 cm (122 in) | 290 cm (110 in) | ![]() |
30 | Nanami Seki | 1999-yil 12-iyun | 1.71 m (5 ft 7 in) | 60 kg (130 lb) | 280 cm (110 in) | Yoʻq | ![]() |
37 | Ameze Miyabe | 2001-yil 12-oktyabr | 1.72 m (5 ft 8 in) | 58 kg (128 lb) | 309 cm (122 in) | 280 cm (110 in) | ![]() |
38 | Yoshino Sato | 2002-yil 30-iyun | 1.83 m (6 ft 0 in) | 71 kg (157 lb) | 295 cm (116 in) | Yoʻq | ![]() |
Sobiq jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1994-yilgi tarkib:
Bosh murabbiy: Tadayoshi Yokota
Raqam | Familiya va ism | Tugʻilgan sanasi | Boʻyi | 1994-yilgi klubi |
---|---|---|---|---|
1 | Motoko Obayashi | 15.06.67 | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | Hitachi |
2 | Aki Nagatomi | 17.07.69 | 173 cm (5 ft 8 in) | Hitachi |
3 | Chie Natori | 09.08.69 | 176 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | Daiei |
4 | Mika Yamauchi | 07.10.69 | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | Daiei |
6 | Tomoko Yoshihara | 04.02.70 | 179 cm (5 ft 10 1⁄2 in) | Hitachi |
7 | Kiyoko Fukuda | 04.08.70 | 178 cm (5 ft 10 in) | Hitachi |
8 | Miho Murata | 03.09.70 | 178 cm (5 ft 10 in) | Hitachi |
9 | Asako Tajimi | 26.02.72 | 179 cm (5 ft 10 1⁄2 in) | Hitachi |
12 | Yumi Natta | 12.07.69 | 161 cm (5 ft 3 1⁄2 in) | Daiei |
13 | Naomi Eto | 12.07.72 | 186 cm (6 ft 1 in) | Hitachi |
16 | Maki Fujiyoshi | 24.05.74 | 178 cm (5 ft 10 in) | Hitachi |
17 | Miyuki Shimasaki | 13.10.74 | 178 cm (5 ft 10 in) | Hitachi |
5 | Kazuyo Matsukawa | 07.01.70 | 181 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | Daiei |
10 | Kumiko Sakamoto | 13.12.72 | 177 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | Daiei |
14 | Minako Onuki | 15.10.72 | 173 cm (5 ft 8 in) | NEC |
15 | Miho Ota | 27.10.73 | 179 cm (5 ft 10 1⁄2 in) | Hitachi |
18 | Eiko Yasui | 08.05.71 | 164 cm (5 ft 4 1⁄2 in) | Kanagawa |
1996-yil Olimpiada oʻyinlari — 9-oʻrin Kaiyo Xoshini, Aki Nagatomi, Kazumi Nakamura, Chieko Nakanishi, Motoko Obayashi, Ikumi Ogake, Mika Saiki, Kiyomi Sakamoto, Asako Tajimi, Chiho Torii, Mika Yamauchi va Tomoko Yoshihara . Bosh murabbiy: Kuniaki Yoshida .
1999-yil FIVB Jahon kubogi — 6-oʻrin Naomi Eto, Megumi Itabashi, Chikako Kumamae, Hitomi Mitsunaga, Junko Moriyama, Ikumi Ogake, Minako Onuki, Yuka Sakurai, Miki Sasaki, Hiromi Suzuki, Asako Tajimi va Hiroko Tsukumo . Bosh murabbiy: Nobushika Kuzuwa . 2002-yilgi jahon chempionati — 14-o‘rin Makiko Horai, Sachiko Kodama, Chikako Kumamae, Hisako Mukai, Kanako Naito, Minako Onuki, Ai Otomo, Kana Oyama, Yuko Sano, Sachiko Sugiyama, Miyuki Takahashi va Shinako Tanaka . Bosh murabbiy: Masahiro Yoshikawa .
2003-yil FIVB Jahon kubogi — 5-oʻrin
Tomoko Yoshihara, Chie Tsuji, Miki Sasaki, Kanako Omura, Yoshie Takeshita, Miyuki Takaxashi, Makiko Horai, Yuko Sano, Sachiko Sugiyama, Saori Kimura, Kana Oyama va Megumi Kurihara . Bosh murabbiy: Shoichi Yanagimoto .
2004-yilgi Olimpiada saralash turniri — 1-oʻrin (malakali) Tomoko Yoshixara, Chie Tsuji, Ikumi Narita, Miki Sasaki, Kanako Omura, Yoshie Takeshita, Miyuki Takaxashi, Sachiko Sugiyama, Ay Otomo, Kana Oyama, Megumi Kurixara va Saori Kimura . Bosh murabbiy: Shoichi Yanagimoto .
2004-yil Olimpiada oʻyinlari — 5-oʻrin (teng) Tomoko Yoshixara, Chie Tsuji, Ikumi Narita, Miki Sasaki, Kanako Omura, Yoshie Takeshita, Miyuki Takaxashi, Sachiko Sugiyama, Ay Otomo, Kana Oyama, Megumi Kurixara va Saori Kimura . Bosh murabbiy: Shoichi Yanagimoto .
2005-yil FIVB Jahon Gran-prisi — 5-oʻrin Erika Araki, Makiko Xorai, Megumi Itabashi, Ayako Onuma, Ai Otomo, Yuka Sakurai, Miki Shimada, Kaoru Sugayama, Sachiko Sugiyama, Yoshie Takeshita, Miyuki Takaxashi va Chie Yoshizava . Bosh murabbiy: Shoichi Yanagimoto .
2008-yilgi Olimpiada saralash turniri — 3-oʻrin (malakali) Erika Araki, Miyuki Kano, Yuki Kavay, Saori Kimura, Megumi Kurixara, Kanako Omura, Yuka Sakurai, Yuko Sano, Miyuki Takaxashi, Sachiko Sugiyama, Yoshie Takeshita va Asako Tajimi . Bosh murabbiy: Shoichi Yanagimoto .
2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari — 5-oʻrin (teng) Erika Araki, Miyuki Kano, Yuki Kavay, Saori Kimura, Megumi Kurixara, Kanako Omura, Yuka Sakurai, Yuko Sano, Miyuki Takaxashi, Sachiko Sugiyama, Yoshie Takeshita va Asako Tajimi . Bosh murabbiy: Shoichi Yanagimoto .
2010-yil Jahon chempionati — 3-oʻrin
Megumi Kurihara, Xitomi Nakamichi, Yoshie Takeshita, Kaori Inoue, Ai Yamamoto, Yuko Sano, May Yamaguchi, Mizuho Ishida, Erika Araki, Saori Kimura, Yukiko Ebata, Saori Sakoda, Akiko Ino va Kanari Xamachi Manashi .
2012-yilgi Olimpiada oʻyinlari — bronza medali Erika Araki (C), Saori Kimura, Yoshie Takeshita, Yukiko Ebata, Kaori Inoue, Ai Otomo, Yuko Sano, May Yamaguchi, Risa Shinnabe, Saori Sakoda, Maiko Kano va Xitomi Nakamichi, bosh murabbiy: Masayoshi Manabe .
2014-yilgi jahon chempionati
Saori Kimura (C), Miyu Nagaoka, Xitomi Nakamichi, Arisa Takada, Arisa Satō, May Yamaguchi, Mizuho Ishida, Yuki Ishii, Risa Shinnabe, Yukiko Ebata, Saori Sakoda, Kana Ono, Saori Sakoda, Kana Ono, Sayaka Mayashi Harsu Ts Manabe .
2016-yilgi Olimpiada oʻyinlari — 5-oʻrin Saori Kimura (C), Miyu Nagaoka, Arisa Sato, May Yamaguchi, Yuki Ishii, Saori Sakoda, Xaruka Miyashita, Kanami Tashiro, Erika Araki, Yuri Nabeya, Haruyo Shimamura va Kotoki Zayasu, bosh murabbiy: Masayosho Manabe.
2018-yilgi jahon chempionati — 6-o‘rin Nana Ivasaka (C), Koyomi Tominaga, Kanami Tashiro, Erika Araki, May Okumura, Xaruyo Shimamura, Risa Shinnabe, Yuki Ishii, Sarina Koga, Ai Kurogo, Mami Uchiseto , Miyu Nagaoka, Kotoe Inoue Kuda, Bosh murabbiy: Kumi Nakada.
2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari — 10-oʻrin
Ai Kurogo, Sarina Koga, Haruyo Shimamura, Erika Araki (c), Yuki Ishii, Mayu Ishikava, Kanami Okumura, Mako Kobata, Nichika Yamada, Kotona Xayashi va Aki Momii, bosh murabbiy: Kumi Nakada
Murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tadayoshi Yokota
Kuniaki Yoshida
Nobushika Kuzuwa
Masahiro Yoshikawa
Shoichi Yanagimoto (2003—2008)
Masayoshi Manabe (2008—2016)
Kumi Nakada (2016—2021)[11][12]
Masayoshi Manabe (2021-hozirgacha)
Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sata Isobe Sovet Ittifoqi terma jamoasiga qarshi to'pni uchirdi, 1964-yil Tokio Olimpiadasi ayollar voleyboli
Emiko Miyamoto 1964-yilgi Olimpiada o'yinlarida
Yuriko Handa 1964-yilgi Olimpiada o'yinlarida
Masae Kasai ayollar jamoasi sardori sifatida shohsupaning markazida turibdi, 1964-yil Tokio Olimpiadasi voleyboli
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yaponiyaning 23 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy voleybol jamoasi
- Yaponiyaning 20 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy terma jamoasi
- Yaponiyaning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy voleybol jamoasi
- ''№ 1 hujum''
- Yaponiya erkaklar milliy voleybol jamoasi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „FIVB Senior World Ranking - Women“. The FIVB. FIVB. Qaraldi: 14-dekabr 2018-yil.
- ↑ Remembering Volleyball’s 'Oriental Witches' — The New York Times
- ↑ „LONDON 2012 VOLLEYBALL, VOLLEYBALL WOMEN“. olympic.org (2012-yil avgust). Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „Brazil, Japan reach semifinals“. ESPN.com (8-avgust 2012-yil). Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „Japan humbled by Brazil in women’s volleyball semifinals, to play S. Korea for bronze“. The Japan Times (10-avgust 2012-yil). Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „Japan beats South Korea for historic volleyball bronze“. The Japan Times (12-avgust 2012-yil). Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „Kenya Unveil Roster For The Tokyo Olympics“. fivb.com (26-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Kenya Unveil Roster For The Tokyo Olympics“. This is Volleyball (26-iyun 2021-yil). Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
- ↑ „Malkia Strikers go down to Japan in Olympics opener“ (inglizcha). Citizentv.co.ke. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
- ↑ NEWS. „Olympics: Dominican Republic ends Japan women's volleyball quest“. Kyodo News+. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ „New women's volleyball coach Nakada ready for challenge“. japantimes.co.jp. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.
- ↑ „女子バレー 中田久美監督が退任「不本意な結果、大変申し訳ない」後任は未定“ (yaponcha). yahoo.co.jp. Qaraldi: 27-avgust 2021-yil.