Yangi kaledoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yangi kaledoniya — Tinch okean ning jan.gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Mayd. 19,1 mingkm². Aholisi 201,8 ming kishi (1999), asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri Rasmiy tili fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774 yilda yevropaliklardan J.Kuk borgan. Ya.K. 1853 yildan Fransiya mulki. 1984 yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985 yilgi saylovlardan soʻng kongress (6 yil muddatga saylanadigan 54 ta aʼzo) boshqaradi. 1987 yilda oʻtkazilgan Referendum natijalariga koʻra, qatnashuvchilarning 98% Ya.K.ni Fransiya tarkibida qolishi tarafdori boʻlgan.

Orollarning yer yuzasi vulkan jinslaridan tuzilgan yassitoglik. Eng baland joyi 1628 m. Gʻarbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvar

ning oʻrtacha temperaturasi 24—26°, iyulniki 20°. Iillik yogʻin sharqida 3000 mm, gʻarbida 700 mm. Yozda tropik dovullar boʻladi. Daryo koʻp. Oʻsimlik dunyosi baland boʻyli oʻtlar, siyrak igna bargli oʻrmonlardan iborat. Endemik oʻsimlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Ya.K. aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Sholi, maniok va makkajoʻxori ekiladi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.