Davron Gaipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Davron Gaipov
Gʻoipov
Tavalludi sanasi

7-oktabr 1961 (1961-10-07) (58 yosh)
Tavalludi joyi Oʻzbek SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Guruh(lar) Original
Faoliyat yillari 1980-bugun
Janr Rok, rock- n-rol

Davron Gaipov — oʻzbek rock- n-rol qoʻshiqchisi. Oʻzbek rokining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. 1982-yildan Original guruhi badiiy rahbari boʻlgan.[1] Bolalar guruhining solisti Tohir Sodiqov Gaipovni ustoz deb biladi.

Hayoti[tahrir]

Davron Gaipov 1961-yil 7-oktabrda Urganch shahrida tugʻilgan. Otasi Ruzmet Gaipov (05.03.1922-1985) Xiva shahrida tugʻilgan Xorazmlik boʻlgan. Sobiq Ittifoq davrida 1964-1983 yillarda Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining Qashqadaryo viloyati qumitasining 1-qotibi boʻlgan (xozirgi viloyat xokimiga teng lavozim). O'gli Aybek Gaipov 09.03.1982 yilda Qarshi shahrida tug'ilgan, Rossiyaning Krasnodar shahrida yashaydi. Davron Gaipovning 2000 yillardagi xotini mashhur xonanda Iroda Iskandarova boʻlgan. Oxirgi xotini Marina Goncharova, qizi Aida 2012 yilda tugʻilgan. 1980-yillar oʻrtalarida akasi Arslon Gaipov (1946-2008) Toshkent aeroporti boshigʻi boʻlgan.

Ijodi[tahrir]

Davron Gaipov 17 yoshidan gitarada juda yaxshi ijro etgan va 1980-yilgacha Yalla guruhi gitaristi boʻlgan. Yosh boʻlishiga qaramay 1981-yilda oʻzing „Original“ guruhini tuzadi va tez orada mashhur boʻlib ketadi. Uning „Kerak emas“, „Shoshmagin“, „Bu nima bu?“ va yana bir qator qoʻshiqlari hozir ham sevib tinglanadi. Davron Gaipovni oʻzbek „afsonaviy oʻzbek rock qoʻshiqchisi“ deb hisoblashadi. 1980-yillar oʻrtalaridan 1990-yilgacha uning ijodida chekinish boʻladi, 1984-1989 yillarda Rossiyaning Irkutsk viloyati Angarsk tumanida boʻladi. Ijodga qaytishi bilan 1990 yilda „Bu nima bu?“ nomli musiqali filmda Obid Asomov bilan suratga tushadi. Bu Obid Asomov uchun debyut roli edi. Film aka-uka egizaklar taqdiri haqidadir. Davron Gaipovni mashhur oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqov ustoz deb biladi.

Filmografiyasi[tahrir]

Aktyor[tahrir]

Film
Yil Film Rol Izoh
1990 Bu nima bu? Oʻzi Musiqiy film
Kliplar
Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2009 Jasur Gaipov „Qaytma“ Kameo

Manbalar[tahrir]