Kontent qismiga oʻtish

Xokkaydo boʻrisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Canis lupus hattai
Hokkaido Universiteti Muzeyida taxidermiya qilingan Ezo boʻrisi
Muhofaza maqomi

Qirilib ketgan  (1889) (IUCN)
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus hattai
Yashash hududi Xokkaydo va Saxalin orollarini, Kamchatka yarim orolini hamda Xokkaydoning sharqida joylashgan Kuril arxipelagidagi Iturup va Kunashir orollarini oʻz ichiga olgan.
Yashash hududi Xokkaydo va Saxalin orollarini, Kamchatka yarim orolini hamda Xokkaydoning sharqida joylashgan Kuril arxipelagidagi Iturup va Kunashir orollarini oʻz ichiga olgan.
Sinonimlari

C. l. rex (Pocock, 1935)[1]


Xokkaydo boʻrisi (Canis lupus hattai), shuningdek Ezo boʻrisi (yaponcha: エゾオオカミ(蝦夷狼)ー Ezo Ōkami) va Rossiyada Saxalin boʻrisi deb ham ataladi[2], Shimoliy-Sharqiy Osiyoning qirgʻoq hududlarida yashagan va kulrang boʻrining yoʻq boʻlib ketgan kenja turidir. Xokkaydo boʻrisi qondoshlik jihatdan Osiyodan koʻra Shimoliy Amerikadagi boʻrilarga yaqinroq. U Meydzi islohoti davrida Xokkaydoda qirib yuborilgan[3]. Bu davrda Amerikacha qishloq xoʻjaligi islohotlari chorva yirtqichlarini xoʻrak orqali oʻldirishni oʻz ichiga olgan. Baʼzi taksonomlar Xokkaydo boʻrisini Saxalin orolida 1945-yilgacha yashagan deb hisoblashadi. Xokkaydo boʻrisi Yapon arxipelagida topilgan ikki kenja turdan biri hisoblanadi. Ularning ikkinchisi Yapon boʻrisi (C. l. hodophilax) hisoblanadi.

Taksonomiya va kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hokkaido Muzeyidagi boʻri tulumi

Ezo boʻrisi[4][5][6] yoxud Xokkaydo boʻrisi[5] (Canis lupus hattai Kishida, 1931)[7][8] kulrang boʻrining (Canis lupus) yoʻq boʻlib ketgan kenja turidir[9]. 1890-yilda Britaniya Muzeyida Yapon boʻrilarining (Canis lupus hodophilax) bosh suyaklari Xokkaydodagi boʻrilarniki bilan taqqoslangan. Namunalarning sezilarli darajada farqlanishi ular bir kenja turning mahalliy turlari ekanligi bilan izohlangan. Keyinchalik, Iturup va Kunashir Kuril orollariga borgan tadqiqotchilar u yerdagi boʻrilarini Yapon kenja turi ekanligiga ishonishgan. 1889-yilda Xokkaydo boʻrisi Xokkaydo orolida yoʻq boʻlib ketdi. 1913-yilda Hatta Suburo boʻrining Sibir boʻrisi bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini eʼlon qildi, lekin qoʻshimcha tahlil qilish uchun tirik namunalar yoʻq edi. 1931-yilda Kishida Kyukishi 1881-yilda oʻldirilgan boʻrining bosh suyagini tavsiflab, uni alohida kenja tur deb belgilagan. 1935-yilda Pocock Britaniya Muzeyidagi 1886-yilda olingan namunani tekshirib, uni katta oʻlchamlari tufayli Canis lupus rex deb nomlagan[10].

Mitoxondrial DNK tahlili uning Kanada[11][5], Alyaska va AQSh[5]dan kelgan kulrang boʻri namunalari bilan bir xil ekanligini koʻrsatdi, bu esa Ezo boʻrisining ajdodi Shimoliy Amerika boʻrilari ajdodi bilan genetik aloqador ekanligini koʻrsatadi. Ikki Ezo boʻrisi namunasi uchun eng soʻnggi umumiy ajdodi bundan 3,100 yil oldin (700–5,900 yil oraligʻida) yashangani hisoblangan va Ezo boʻrisining Shimoliy Amerika boʻrilardan ajralib chiqishi 9,300 yil oldin (5,700–13,700 yil oraligʻida) ni koʻrsatgan[11][5][12] . Bu hisob-kitoblar Ezo boʻrilarining Yaponiyaga Yapon boʻrilaridan koʻra ancha yaqinroq vaqt ichida kelganini koʻrsatadi. Ezo boʻrilari Yaponiyaga soʻnggi muzlik davrida Osiyo materigidan Saxalin oroli orqali kelgan[5][13][12]. Tsugaru boʻgʻozi soʻnggi muzlik davrida 3 km kenglikda boʻlgan[5][14] , bu Ezo boʻrilarining Xonsyuga koʻchib oʻtishiga toʻsqinlik qilgan va ular Yaponiyaga 14,000 yildan kamroq vaqt oldin kelgan boʻlishi mumkin[5]. Yangi tadqiqotlar ularning Xokkaydoga 10,000 yildan kamroq vaqt oldin kelganligini taxmin qilmoqda[12].

Barqaror izotop tahlili namuna ichidagi bir xil elementning turli izotoplari miqdorini oʻlchaydi. Bu tahlil yoʻq boʻlib ketgan namuna suyagida oʻtkazilganda, tahlil tadqiqotchilarga namunaning dietasi haqida maʼlumot bergan. 2017-yilda Ezo boʻrisi namunalarida radiokarbonli sanalash va izotop tahlili oʻtkazildi. Radiokarbonli sanalash boʻrilar turli davrlarni qamrab olganligini va 4,000 yil oldinlarga borib taqalganligini tasdiqladi. Izotop tahlili bu boʻrilar dietasi zamonaviy Britaniya Kolumbiyasi boʻrisiniki bilan oʻxshash ekanligini, ikkala populyatsiyaning ham dengiz va quruqlikdagi oʻljalar bilan oziqlanganini koʻrsatdi[6].

20,000 yil oldin Yapon arxipelagining Xokkaydo oroli va Saxalin oroli materik bilan birlashgan, ingichka qora chiziq hozirgi qirgʻoqlarni koʻrsatadi.

Ezo yaponcha soʻz boʻlib, „begona“ degan maʼnoni anglatadi va Xonsyu orolining shimolidagi Aynu xalqining tarixiy yerlari Ezo-chi ga ishora qiladi[15]. Aynu xalqi Xokkaydo, Saxalin, Kuril orollari[16] va Kamchatka yarim oroligacha boʻlgan hududlarda yashagan[17].

Ezo boʻrisi Xokkaydo va Saxalin orollari[18][10], Kuril arxipelagidagi Iturup va Kunashir orollari hamda Kamchatka yarim orolida yashagan[10]. U 1889-yilda Xokkaydo orolida yoʻq boʻlib ketgan[3]. 1945-yilda Saxalin orolida va ehtimol Kuril orollarida saqlanib qolganligi haqida xabar berilgan[19][20] ; ammo sovet zoologi Vladimir Heptnerning soʻzlariga koʻra, u 20-asr boshida Saxalin orolida koʻrilmagan, Nevelskoy boʻgʻozi orqali baʼzida Saxalin oroliga Sibir oʻrmon boʻrilari oʻtib turgan boʻlsa-da, ular doimiy yashamagan. Kuril orollarida Saxalin boʻrisining mavjudligi haqida tez-tez chiqib turgan maʼlumotlar ziddiyatli yoki notoʻgʻri boʻlgan. Uning Kunashir, Iturup va Paramushirda yashagani taxmin qilinsa-da, Shumshuda qayd etilgan boʻrilar keyinchalik yovvoyi itlar deb topilgan. 1960-yillarning oʻrtalarida oʻtkazilgan tadqiqot Kuril orollarida boʻrilarni topolmagan. Ammo koʻplab yovvoyi itlar topilgan[21].

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ezo boʻrining morfologik tahlili shuni koʻrsatdiki, u Osiyo va Shimoliy Amerika boʻrilari bilan hajmi jihatdan oʻxshash boʻlgan. Uning boʻyi yelkasigacha 70-80 sm ni tashkil etgan. Sovet zoologi Vladimir Geptner Kamchatka boʻrilari (C. l. altaicus nomi bilan tasniflangan) haqida shunday deb yozgan: bu boʻrilar C. l. lupus bilan bir xil kattalikda, yorqin kulrang moʻynasi va orqasidan oʻtgan toʻq yoli bilan ajralib turadi[22]. Edwin Dun, oʻzining nashr etilmagan memuarida, uni quyidagicha tasvirlagan[23]:

Xokkaydo boʻrisi qoʻrqinchli hayvon, lekin ov qilish uchun boshqa oʻlja bor ekan, odam uchun xavfli emas. Qish oylarida, men bu haqida yozayotgan paytda, ular asosan kiyiklarni ovlash bilan kun kechiradi. U yashaydigan yerlarda kiyiklar juda koʻp. Yozda esa ularning oziq-ovqati asosan ot go'shti bo'ladi. Toʻliq voyaga yetgan boʻri 70 dan 80 funtgacha vaznga yig'adi, u katta bosh va ogʻizga ega boʻlib, ulkan tishlari bilan ov qiladi. U odatda juda ozgʻin, lekin juda muskulli bo'lib, yozda kulrang, qishda esa moʻynasi qalin va uzun boʻladi, va kulrang-oq rangga ega boʻladi. Uning panjalari katta hajmda boʻlib, eng katta itning panjalaridan uch-toʻrt barobar kattaroq, shakli oʻxshash, faqat tirnoqlari ancha uzun bo'ladi. Ularning katta panjalari ularga chuqur qorda tez harakatlanish imkonini beradi, bu qochayotgan kiyikni tezda charchatadi, garchi u yer yuzasi ochiq bo'lsa ham. U dushmanidan osongina qochib qutulishi mumkin. Ular odatda yakka yoki juftlikda ov qiladi, lekin koʻpincha qor ustida toʻrt yoki besh yoki undan koʻproq boʻrilardan iborat guruh izlarini koʻrish mumkin. Ular orol boʻylab keng tarqalgan, lekin qoʻshni hududlarda juda kam uchraydi.

— [23]

Aynu madaniyatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aynu xalqi boʻrini Horkew Kamuy („uvlaydigan iloh“) deb izzatlagan. Boʻrilar iomante marosimlarida qurbon qilingan va baʼzi Aynu qabilalari, masalan, Tokachi va Hidaka qabilalarida, Aynu xalqining tugʻilishini oq boʻri va maʼbuda oʻrtasidagi qoʻshilish bilan bogʻlaydigan afsonalar bor. Aynu ovchilari oʻljalarining bir qismini boʻrilarga qoldirib ketar edilar va agar ular boʻrining oldida odob bilan tomoq qirib qoʻysalar ovchilar boʻrining ovqatini boʻlisha olishi mumkinligiga ishonar edilar. Boʻrining Aynu madaniyatidagi alohida maqomi tufayli, ovchilarga boʻrilarni zaharli oʻqlar yoki oʻqotar qurollar bilan oʻldirish taqiqlangan edi va boʻrining terisi va goʻshtini isrof qilish ovchini oʻldirishi mumkinligiga ishonilgan. Aynu boʻrilarni oʻzlarining uy itlaridan farqlamagan va itlarning boʻri xususiyatlariga ega boʻlishi uchun itlarni boʻrilar yashaydigan hududlarda erkin yurishiga imkon bergan va gibrid avlod olishga harakat qilganlar[24].

Xokkaydo orolidan yoʻq boʻlib ketishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1868-yilda Meydzi islohotlari boshlanishi bilan, imperator Meydzi Yaponiya uzoq muddatli izolyatsiyasini rasmiy ravishda tugatdi va Yaponiyaning qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish uchun Yaponiyaning guruch yetishtirishga bogʻliqligini Amerika uslubidagi chorvachilik bilan almashtirishga intildi. 1873-yilda Ogayolik fermer Edwin Dun Kaitakushi (Hokkaido Taraqqiyot Agentligi) uchun ilmiy maslahatchi sifatida ishga yollandi va davlat tomonidan boshqariladigan tajribaviy fermalar bilan chorvachilikni targʻib qilishni boshladi. Janubi-sharqiy Hokkaidoda boʻrilar tomonidan otlarning koʻpayishi pasaygani uchun Meydzi hukumati boʻrilarni „zararli hayvonlar“ (yūgai dōbutsu) deb eʼlon qildi va Dunga hayvonlarni yoʻq qilishni nazorat qilish vazifasini topshirdi. Dun oʻz ishini Niikappu fermasida striknin qoʻshilgan xoʻrak yordamida ommaviy zaharlash kampaniyasi bilan boshladi. Jarayonni Kaitakushi tomonidan boʻri kallasi uchun vaʼda qilingan mukofot tizim yanada tezlashtirdi[23].

  1. Pocock, R.I. The races of Canis lupus. Proc. Zool. Soc. London for 1935, pt. 3, pp. 647-686, pIs. 2. September 12, 1935. (New: Canis lupus rex, C. i. arctos, C. I. orion.) DOI: 10.1111/j.1096-3642.1935.tb01687.x
  2. Heptner, V. G. & Naumov, N., P. (1998) Mammals of the Soviet Union Vol. II Part 1a, SIRENIA AND CARNIVORA (Sea cows; Wolves and Bears), Science Publishers, Inc., USA, pp. 193, ISBN 1-886106-81-9
  3. 3,0 3,1 Knight, John (1997). "On the Extinction of the Japanese Wolf". Asian Folklore Studies (Nanzan University) 56 (1): 129–159. doi:10.2307/1178791. http://wolfology1.tripod.com/id147.htm.  Stable URL: https://www.jstor.org/stable/1178791
  4. Canis lupus hattai (Ezo wolf)“. NCBI.NLM.NIH.gov. National Center for Biotechnology Information, U.S. National Institutes of Health.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 5,7 Matsumura, Shuichi; Inoshima, Yasuo; Ishiguro, Naotaka (2014). "Reconstructing the colonization history of lost wolf lineages by the analysis of the mitochondrial genome". Molecular Phylogenetics and Evolution 80: 105–12. doi:10.1016/j.ympev.2014.08.004. PMID 25132126. 
  6. 6,0 6,1 Matsubayashi, J.; Ohta, T.; Takahashi, O.; Tayasu, I. (2017). "Reconstruction of the extinct Ezo wolf's diet". Journal of Zoology 302 (2): 88–93. doi:10.1111/jzo.12436. https://zenodo.org/record/996973. 
  7. Wozencraft, W. C. „Order Carnivora“, . Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005 — 532–628-bet. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. 
  8. Smithsonian - Animal Species of the World database. „Canis lupus hattai“.
  9. Claudio Sillero-Zubiri „Family Canidae (Dogs)“, . Handbook of the Mammals of the World - Volume 1:Carnivores Don E. Wilson: . Lynx Edicions in association with Conservation International and IUCN, 2009 — 413-bet. 
  10. 10,0 10,1 10,2 Walker, Brett. The Lost Wolves of Japan. University of Washington Press, 2008. 
  11. 11,0 11,1 Ishiguro, Naotaka; Inoshima, Yasuo; Shigehara, Nobuo; Ichikawa, Hideo; Kato, Masaru (2010). "Osteological and Genetic Analysis of the Extinct Ezo Wolf (Canis Lupus Hattai) from Hokkaido Island, Japan". Zoological Science 27 (4): 320–4. doi:10.2108/zsj.27.320. PMID 20377350. 
  12. 12,0 12,1 12,2 Koblmüller, Stephan; Vilà, Carles; Lorente-Galdos, Belen; Dabad, Marc; Ramirez, Oscar; Marques-Bonet, Tomas; Wayne, Robert K.; Leonard, Jennifer A. (2016). "Whole mitochondrial genomes illuminate ancient intercontinental dispersals of grey wolves (Canis lupus)". Journal of Biogeography 43 (9): 1728–1738. doi:10.1111/jbi.12765. 
  13. Abe, H., 1999. Diversity and conservation of mammals of Japan. In: Yokohata, Y., Nakamura, S. (Eds.), Recent Advances in the Biology of Japanese Insectivore. Hiba Society of Natural History, Shobara, pp. 89–104
  14. Dobson, Mike (1994). "Patterns of distribution in Japanese land mammals". Mammal Review 24 (3): 91–111. doi:10.1111/j.1365-2907.1994.tb00137.x. https://archive.org/details/sim_mammal-review_1994-09_24_3/page/91. 
  15. Editors: David N. Livingstone and Charles W. J. Withers (1999) „Geography and Enlightenment“, University of Chicago Press, page 206 [1]
  16. David Howell. „The Meiji State and the Logic of Ainu 'Protectionʼ“, In New Directions in the Study of Meiji Japan, edited by Helen Hardacre, 1997. p. 614.
  17. Shibatani, Masayoshi (1990). The languages of Japan. Cambridge University Press via Google Books. p. 3.
  18. Nowak, R. M. 1995. Another look at wolf taxonomy. pp. 375-397 in L. H. Carbyn, S. H. Fritts, D. R. Seip, editors. Ecology and Conservation of Wolves in a Changing World. Canadian Circumpolar Institute, Edmonton, Canada.[2] (Refer to page 396)
  19. Harper, F. (1945): Extinct and vanishing animals of the Old World. American Committee for International Wildlife Protection, Special Publication No. 12, New York. cited from Ellerman, J. R. and Morrison-Scott, T. C. S. (1951): Checklist of Palaearctic and Indian Mammals 1758 to 1946. British Museum (Nat. Hist.), London, p 810 [3]
  20. Mech, L David (1970) „The wolf: the Ecology and Behavior of an Endangered Species“, published for the American Museum of Natural History by the Natural History Press, pages 352-3
  21. Heptner, V. G. & Naumov, N., P. (1998) Mammals of the Soviet Union Vol. II Part 1a, SIRENIA AND CARNIVORA (Sea cows; Wolves and Bears), Science Publishers, Inc., USA, pp. 177, ISBN 1-886106-81-9
  22. Heptner, V. G. & Naumov, N., P. (1998) Mammals of the Soviet Union Vol. II Part 1a, SIRENIA AND CARNIVORA (Sea cows; Wolves and Bears), Science Publishers, Inc., USA, pp. 187-88, ISBN 1-886106-81-9
  23. 23,0 23,1 23,2 Brett L. Walker, "Meiji Modernization, Scientific: Agriculture, and the Destruction of Japanʼs Hokkaidō Wolf, "[sayt ishlamaydi] Environmental History, Vol. 9, No. 2, 2004.
  24. Walker, B. L. (2009), The lost wolves of Japan, University of Washington Press, pp. 83, ISBN 0295989939