Saxalin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Saxalin
Sea of Okhotsk map ZI-2b.PNG
Geografiya
maydoni 72 492 km2
Eng baland balandlik 1609 m.
Administrasiya
davlat Rossiya Federatsiyasi
Mintaqa Saxalin viloyati
Demografiya
aholisi 673 100
Qo'shimcha ma'lumot

Saxalin — Osiyoning sharqiy qirgʻokdari yonidagi orol. Rossiya Federatsiyasi Saxalin viloyati tarkibida. Uz. 948 km, eni 100 km ga yakin, maydoni 76,4 ming km². S.ni materikdan Tatar boʻgʻozi ajratib turadi. Oxota va Yapon dengizlari bilan oʻralgan. Qirgʻoklari boʻylab choʻzilgan togʻlar (eng baland joyi — Lopatin togʻi, 1609 m) orasida pasttekisliklar joylashgan, shim. qismi tekislik. Togʻlar, asosan, qumtosh, slanetslar, metamorflashgan jinslar va qum gillardan tarkib topgan. Orodda toshkoʻmir (gʻarbiy qismida) va neft (shim.sharqida) konlari bor.

Iqlimi mussonli iqlim. Jan.gʻarbiy sohili Susima oqimi taʼsirida ancha iliq. Yiliga 400–750 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari — Tim va Poronay. Tuproklari podzol, botqoq va allyuvial tuproklar. Yer yuzasining aksari qismi oʻrmon (oqqaragʻay, qoraqaragʻay, pakana kedr, tilogʻoch). Oʻrmonlar tagida boʻliq oʻtlar oʻsib yotadi. Orol gʻarbida kuril bambukzorlari uchraydi. Hayvonot dunyosi Sibirnikiga oʻxshash, lekin birmuncha kambagʻalroq. S. yevropaliklarga 17-asrdan maʼlum boʻlsa ham uning orol ekanligi fatsat G.I.Nevelskiy ekspeditsiyasi vaqtida (184849) aniqlandi. 1855-yil tuzilgan RossiyaYaponiya shartnomasida S. ikki davlat oʻrtasidagi umumiy mulk deb belgilandi. 1875-yilga kelib S.ni Rossiya butunlay egalladi. Rossiyaning magʻlubiyati bilan tugagan Rossiya—Yaponiya urushidan soʻng ikki oʻrtada tuzilgan Portsmut sulh shartnomasiga (1905) koʻra, Janubiy S (50° sh. k.dan jan.) Yaponiyaga oʻtdi.

1920—25 yillarda orolning shim. kismi ham Yaponiya tasarrufida boʻldi, 1925-yil mayidan yana Rossiya tarkibida. 1932-yildan dastlab Uzoq Sharq oʻlkasi tarkibiga, 1938-yildan Xabarovsk oʻlkasi tarkibiga kirgan Saxalin viloyati tashkil etildi. 1945-yil Janubiy Saxalinni ham Rossiya egalladi. Qrim (1945) va Potsdam (1945) konferensiyalarining qarorlariga binoan Janubiy Saxalin Rossiyaga berilgan edi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil