Kontent qismiga oʻtish

Yapon arxipelagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yapon arxipelagi (Yaponcha: 日本列島, Nihon Rettō) Yaponiyani tashkil etuvchi 14,125 orollardan iborat arxipelagdir[1]. U Ohota dengizidan shimoli-sharqda Xitoy va Filippin dengizlari bo'ylab 3,000 km (1,900 mil) ga cho'zilib[2], Tinch okeanidan to Yevroosiyo materigi qirg'og'igacha cho'ziladi va shimoldan janubga uchta oroldan iborat: Shimoliy-sharqiy Yaponiya arki, Janubi-g'arbiy Yaponiya arki va Ryukyu orol arki. Daitō orollari, Izu–Bonin–Mariana arki, Kuril orollari va Nanpō orollari arxipelagning yonida joylashgan.

Yaponiya Sharqiy Osiyodagi eng katta va dunyoda esa to'rtinchi eng katta orol mamlakatdir. Yaponiya arxipelagi 377,975.24 km² (145,937.06 kv mil) maydonga ega[3][4]. U 4,470,000 km² (1,730,000 kv mi) eksklyuziv iqtisodiy zonaga ega[5].

Terminologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Materik Yaponiya" atamasi Yaponiyaning katta orollarini uzoq, kichik orollardan ajratib turadi. Atama Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu va Shikoku orollariga nisbatan ishlatilinadi.[6] 1943-yildan Tinch okeani urushi oxirigacha Karafuto prefekturasi (janubiy Saxalin) "Materik Yaponiya"ning bir qismi sifatida belgilangan edi. Geografik nuqtai nazardan "materik" atamasi biroz noto'g'ri, chunki bu atama materikka tutashgan hududga nisbatan aytiladi.

"Uy orollari" atamasi Ikkinchi jahon urushi oxirida Yaponiyaning suvereniteti va imperatori konstitutsiyaviy hukmronligi cheklangan hududni aniqlash uchun ishlatilgan[7]. Bu atama bugungi kunda ham arxipelagni Yaponiyaning koloniyalari va boshqa hududlaridan ajratib turish uchun keng qo'llaniladi[8].

Paleogeografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxipelag 14,125 ta oroldan iborat[1] (bu yerda perimetri 100 m dan ortiq bo'lgan yerlar tushuniladi), shulardan 430 tasida aholi yashaydi[9] . Besh asosiy orol, shimoldan janubga qarab, Xokkaydo, Xonsyu, Shikoku, Kyusyu va Okinavadir[6]. Xonsyu eng katta orol bo'lib, Yaponiyaning materik qismi deb ataladi[10].

TTopografiya quyidagicha bo'linadi:

  • Xokkaydo, Xonsyu va Shikoku va uning atrofidagi orollar;
  • Kyusyu va Ryukyu yoyi, bu Ryukyu orollari va boshqa atrofdagi orollardan iborat;
  • Xokkaydoning sharqiy qismi va Kuril orollari;
  • Nanpō orollari va Izu yarim oroli (Izu-Bonin-Mariana yoyining bir qismi).
  1. 1,0 1,1 „Recount with digital map leads to doubling of listed Japanese islands“. Japan Times (2023-yil 15-fevral). 2023-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Water Supply in Japan“ (website). Ministry of Health, Labour and Welfare. 2018-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  3. „Island Countries Of The World“. WorldAtlas.com. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-avgust.
  4. „令和元年全国都道府県市区町村別面積調(10月1日時点), Reiwa 1st year National area of each prefecture municipality (as of October 1)“ (ja). Geospatial Information Authority of Japan (2019-yil 26-dekabr). 2020-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  5. „日本の領海等概念図“. 海上保安庁海洋情報部. 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-avgust.
  6. 6,0 6,1 „ja:離島とは(島の基礎知識)“ [what is a remote island?] (ja) (website). MLIT (Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism). Ministry of Land, Infrastructure, Transport and Tourism (2015-yil 22-avgust). — „MILT classification 6,852 islands(main islands: 5 islands, remote islands: 6,847 islands)“. 2007-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-avgust.
  7. Uchida, Jun; Toyomi, Asano; Hirano, Conrad, Japan and Its Margins: Okinawa, Hokkaido, Korea, and Taiwan from the Meiji to the Postwar Period, 87–137-bet, ISBN 978-1-107-19613-1, qaraldi: 2024-08-01
  8. Milton W. Meyer, Japan: A Concise History, fourth ed. Lanham, Maryland: Rowman & Littlefield, 2012, ISBN 9780742541184, p. 2 (Wayback Machine saytida 2023-02-26 sanasida arxivlangan).
  9. „Islands in Abundance“. Look Japan. 43-jild, № 493–504. Limited. 1997. 35-bet. 2023-02-26da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2015-10-18.
  10. "Japanese Archipelago" (Wayback Machine saytida 2018-09-19 sanasida arxivlangan), TheFreeDictionary.com, retrieved 24 June 2013.