Shamozit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shamozit [Shveysariyadagi Shamozon (Chamozon) qishlogʻi nomidan] — I) varaqsimon silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral, temirli xlorit. Kimyoviy tarkibi (Fe, A1, Mg)3[(Si, A1)4O,J (OH)2 (Fe, Mg)3 (O, ON)6. Tarkibida 30% dan ortiq temir oksidi bor; 2) Bertyerin, septeshamozit minerallari, septexloritlar oilasiga mansub. Kimyoviy tarkibi (Fe2+, Fe3+, Al, Mg)6 [(Si, A1)4OJ (OH)8. Unda 40—45% temir oksidi boʻlib, tabiiy oʻzgaruvchan. Har ikkala mineral birga uchrashi mumkin va ularni birbiridan farklash qiyin. Monoklin singoniyada kristallanadi. Strukturasi kaolinitnikiga oʻxshash. Sh. oolitlar, tuproqsimon jinslar tarzida boʻladi. Rangi yashilsariq, koʻk, kulrangqoʻngʻirdan qoragacha. Qattikdigi 2,5—3, zichligi 3—3,3g/sm3. Moʻrt, xira yaltiraydi. Gipergen. Gilli yotqiziklarda va choʻkindi temir rudalarida uchraydi. Sh. siderit, temir sulfidi, markazit va pirit bilan assotsiatsiyada boʻladi. Nurash natijasida oksidlanadi va temir gidrooksidlarini hosil qiladi. Baʼzan katta toʻplamlar tarzida uchraydi. Temir rudasi. Oʻzbekistonda Qurama togʻlari (Navgarzansoyning kassiteritsulfidli ruda namoyonlarida) va Shimoliy Orol boʻyi choʻkindi temir konlarida mavjud.