Qogʻoz sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Qogʻoz sanoati, sellyulozaqogʻoz sanoati — turli xildagi qogʻozlar, karton va ulardan mahsulotlar, sellyuloza, tolali va qattiq yogʻoch tolali plitalar (DSP) ishlab chiqaruvchi sanoat tarmogʻi. Shuningdek, tarmoqda qoʻshimcha mahsulot tariqasida etil spirti, yem achitqilari, kanifol, skipidar va yogʻ kislotalari tayyorlanadi. Oʻrta Osiyoda 20-asrning 20-yillariga qadar Qogʻoz sanoati korxonalari boʻlmagan. Ayrim turdagi qogʻozlar paxtadan, ipakdan hunar-mandchilik usulida oz miqdorda tay-yorlangan hamda chetdan keltirilgan (qarang Qogʻoz).

Oʻzbekistonda Qogʻoz sanoati 30-yillarda vujudga keldi. 1932-yilda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan Toshkent qogʻoz fabrikasi ishga tushirildi va shu yili 1595 t qogʻoz ishlab chiqarildi. 20-asrning 60-yillarida Angren shahrida ikkilamchi qogʻoz materiallari (makulatura)san karton qutilar va idishlar tayyorlaydigan korxona qurildi. 90-yillar boshida Andijon, Namangan, Samarqand, Yangiyoʻl va boshqa shaharlarda gʻoʻzapoya, sholipoya va sel-lyulozadan qogʻoz ishlab chiqaradigan bir necha fabrika, oʻrta korxona^ sexlar ishga tushirildi. 1995-yilda "Oʻzbekqo-gʻoz sanoat" uyushmasi tashkil etildi (2003-yil oxirida tugatildi). 2003-yilda Oʻzbekiston Qogʻoz sanoatida 3044 t sellyuloza, 5735 t qogʻoz, 3949 mln. dona yozuv daftarlari ishlab chiqarildi. Tarmoqdagi eng yirik korxona — "Oʻzbek qogʻozi" aksiyadorlik jamiyati (Toshkent).

Qogʻoz sanoati chet davlatlarda AQSH (jahondagi ishlab chiqariladigan qogʻoz va kartonning 1/3 qismi), Rossiya, Kanada, Finlyandiya, Shvetsiya, Yaponiya (AQSH, Kanada, Rossiyadan olinadigan xom ashyo hisobiga), GFRda rivojlangan. Bu mamlakatlarda Qogʻoz sanoati mahsulotlari eksportning muhim bandini tashkil etadi.