Oolitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oolitlar (yun. oon — tuxum va lithos — tosh) — temir, marganetsning yumaloq va ellips shaklidagi oksid va silikat birikmalari. O. tarkibida, odatda, kalsit, dolomit, aragonit, rodoxrozit, leptoxlorit va boshqa minerallar ham boʻladi. Mayda (mikroskopik) zarra holidan noʻxat kattaligigacha oʻlchamda uchraydi. O.ning 2–5 mm kattalikdagilari pizol itlar deb ataladi. O.ning markaziy qismiga, koʻpincha, mayda qum zarralari yoki hayvon chigʻanoklari joylanib, ularning atrofida qat-qat O. toʻplangan boʻladi. O. okean, dengiz va kaynar buloklar tubida vujudga keladi. Rossiyada (Ural va Kerch ya.o.) temirli O. (temir rudasi xili) konlari bor. Oʻzbekistonda temirli O. paleogen gil qatlamlarida topilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil