Alyumosilikatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alyumosilikatlar – tarkibida alyuminiy va kremniyning kompleks anionlari bo‘lgan silikatlarning umu-miy nomi. Kompleks anionlarga [AlSiOJ, [AISi2O,J-, [AlSi4O10J-[Al2Si3O10]~2 va boshqa kiradi. A. tabiatda keng tarkal-gan, yer po‘stining 50% ini tashkil etadi. Ularga dala shpatlari, mas, ortoklaz K[AlSi3OJ, albit Na[AlSi3Og], anortit Ca[Al2SiOJ, va gilli minerallar; slyu-dalar (mas, muskovit, biotit va boshqalar) kiradi. Tarkibida kristalizatsion suv va – ON guruhi bo‘lmagan tabiiy A. qiyin suyuqlanuvchan, termik barqaror moddalardir. Barcha A. suvda erimaydi, ftor kislota, ishqor va ishqoriy metallar karbonatlari eritmalarida parchalanadi. Ba’zi A. tabiiy sharoitda karbonat angidrid va suv ta’sirida asta-sekin ta’sirlanishi natijasida kvars va boshqa 383minerallar hosil bo‘ladi. Sintetik A. alyuminiy va kremniy oksidlariga metall oksidlarini gidrotermal usulda ta’sir ettirib olinadi. Ular keramik mahsulotlarning asosiy kristall fazalarini tashkil qiladi. Tabiiy A. shisha, sopol, sement va boshqa ishlab chiqarishda; slyudalar – elektr va issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallar olishda; nefelin sof alyu-miniy olishda, ayrim A., mas, seolitlar xromatografiyada adsorbent, gazlarni tozalash, quritish va ajratishda, suvning qattiqligini kamaytirishda, kataliza-tor va tarkibida katalizator bo‘lgan xom ashyo sifatida ishlatiladi.Rustam Marupov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil