Xitoy Ayollar Superligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xitoy Ayollar Superligasi
Davlat Xitoy
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni Eng yuqori darajadagi liga
Tashkil etilgan 1997 (27 yil avval) (1997)
Jamoalar soni 10ta
Pastki liga Xitoy milliy ayollar futbol ligasi
Xalqaro musobaqalar AFC Women's Club Championship
Amaldagi chempion Wuhan Jianghan University
Eng koʻp marta chempion Shanghai SRCB (11 marta)
Veb-sayt women.thecfa.cn/cwsl_2021
Amaldagi oʻyin 2021 Xitoy Ayollar Superligasi

Xitoy Ayollar Superligasi (CWSL) — Xitoydagi ayollar futbolining eng yuqori darajadagi ligasi. Xitoy Ayollar Superligasi 2011-yildan 2014-yilgacha Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb nomlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy Ayollar Superligasi 1997-yilda Xitoy Ayollar Premer-Futbol Ligasi sifatida boshlangan. Ayollar Superligasi nomi ilk bor 2004-yilda qabul qilingan. 2011-yildan 2014-yilgacha boʻlgan mavsumlarda liga nomi Xitoy ayollar milliy futbol ligasi deb oʻzgartirildi.

2015-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasi ligani yana Ayollar Superligasi deb atashni joriy etdi. Shuningdek, Xitoy Ayollar Superligasi LeTV Holdings Co Ltd. tashkilotining homiyligiga ega boʻldi[1]. Shu yili Xitoy Ayollar Superligasi Ispaniyaning Kelme kiyim-kechak kompaniyasi bilan formalar bilan taʼminlash uchun besh yillik shartnoma imzoladi[2].

Quanjian Group va Guotai Junan Securities kabi yirik korporativ homiylar va investorlar ishtirokida 2016-yilgi mavsumdan soʻng ayollar klublariga sarmoya kiritish tezlashdi. Oʻyinchilarning maoshlarini oshirish va Yevropaning yuqori divizion ligalaridan yuqori darajadagi oʻyinchilarni jalb qilish ishlari keng avj oldi[3]. Masalan, quyidagi mashhur sportchilar olib kelindi: Braziliya yulduzi Cristiane Parij Sen-Jermen jamoasidan Changchun Zhuoyuega[4], 2016 Toppserien oltin butsasi sovrindori Isabell Herlovsen LSK Kvinner FC jamoasidan Jiangsu Suning FC jamoasiga, nigeriyalik yulduz Asisat Oshoala Arsenal LFC jamoasidan Dalian Quanjian FC jamosiga olib kelindi[5][6].

Hozirgi klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Jamoa nomi Shahar/viloyat Uy stadioni 2020-yilgi reytingdagi oʻrni
Pekin BG Phoenix Pekin Xiannongtan stadioni 4
Changchun Jiuyin kreditlari Changchun „Development Area“ stadioni 5
Henan Jianye Zhenzhou Henan viloyati stadioni 8
Jiangsu Nanjing Wutaishan stadioni 2
Guangdong Meizchou Hakka Meizhou Huitang stadioni 6
Shandong Sport Lottery Jinan Shandong viloyati stadioni 7
Shanghai SRCB Shanghai Baoshan kampusi stadioni, Shanxay universiteti 3
Sichuan Chengdu - Birinchi liga chempionlari
Wuhan Jianghan

University

Wuhan Tazihu futbol oʻquv markazi 1
Zhejiang Hangzhou - 9

Chempionlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy Ayollar Superligasi chempionlari roʻyxati:[7]

  • 1997: Guangdong Haiyin
  • 1998: Shanghai Yuandong
  • 1999: Pekin Chengjian
  • 2000: Shanghai STV Youlizi
  • 2001: Shanghai STV
  • 2002: Pekin Chengjian
  • 2003: Shanghai STV
  • 2004: Shanghai STV
  • 2005: Shanghai STV
  • 2006: Shanghai STV
  • 2007: Tianjin Huisen
  • 2008: Dalian Shide
  • 2009: Jiangsu Huatai
  • 2010: Shanghai STV
  • 2011: Team Sanghai[8]
  • 2012: Dalian Shide[9]
  • 2013: Dalian Aerbin
  • 2014: Team Sanghai
  • 2015: Shanghai Guotay Junʼan
  • 2016: Dalian Quanjian
  • 2017: Dalian Quanjian
  • 2018: Dalian Quanjian
  • 2019: Jiangsu Suning
  • 2020: Wuhan Jianghan University
  • 2021: Wuhan Jianghan University

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoyda sport
  • Xitoyda futbol
  • Xitoyda ayollar futboli
  • Xitoy ayollar milliy futbol jamoasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sun Xiaochen. „Chinese Women's Super League launched to promote women's soccer“. China Daily (8-aprel 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  2. „Spanish Kelme sponsored China Women’s Super League“. Yutang Sports (28-aprel 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  3. Qingyang Chen. „Increase in incomes of Chinese women football players in 2016“. Yutang Sports (28-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 2-iyul 2017-yil.
  4. „Cristiane to Move to Chinese Club Changchun Zhuoyue in June“ (13-fevral 2017-yil). Qaraldi: 2-iyul 2017-yil.
  5. Lawson. „Opinion: The money boom in the Chinese Women's Super League is a positive“. Vavel (15-fevral 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  6. Lia. „Chinese blueprint in women's football“. Vavel (13-fevral 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  7. „China - List of Women Champions“. RSSSF. Qaraldi: 8-sentabr 2011-yil.
  8. „2011 table and results“ (zh). zuqiuziliao.cn. 13-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2012-yil.
  9. „2012 Standings“ (zh). zuqiuziliao.cn. 15-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]