Kowsar ayollar futbol ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kowsar ayollar futbol ligasi
Davlat Eron
Konfederatsiya AFC
Futbol tuzilmasidagi oʻrni Eng yuqori daraja
Tashkil etilgan 2007 (17 yil avval) (2007)
Jamoalar soni 12 ta
Pastki liga Kowsar ayollar futbol ligasi 1-Diviziyasi
Ichki kuboklar Ayollar Hazfi Kubogi
Xalqaro musobaqalar AFC Womenʼs Club Championship
Amaldagi chempion Khatoon F.C
Eng koʻp marta chempion Khatoon F.C (8 marta)
Veb-sayt iranleague.ir
Amaldagi oʻyin 2021-2022 mavsum Kowsar ayollar futbol ligasi

Kowsar ayollar futbol ligasi (forscha: لیگ کوثر بانوان فوتبال ایران) Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan ayollar futbol ligasi. Eron futbol ligasi tizimining eng yuqori qismi hisoblanadigan Kowsar ayollar futbol ligasi islom olami mamlakatlari orasida nisbatan ertaroq tashkil etilgan.

Chunki nafaqat ayollar futboli, umuman, Eron Islom Respublikasida sportning futbol turiga boʻlgan qiziqish boshqa sport turlaridan yuqoriroq turadi. Kowsar ayollar futbol ligasi ayollar futboli va umuman umumayollar sporti boʻyicha ham mamlakatning asosiy musobaqasi hisoblanadi[1]. Kowsar ayollar futbol ligasi 2007-yilda tashkil etilgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar futboli Eronda 1970-yilda boshlangan. Xotin-qizlar erkaklar kabi futbol musobaqalarida ishtirok etishni istashgan, shuning uchun ular baʼzi erkaklar futbol oʻyinlarida qatnashishgan. Koʻplab konseravtiv qarashlar, 1979-yilgi Eron inqilobining taʼsiri natijasida Erondagi ayollarning futbolga boʻlgan qiziqishi va ishtiroki keskin pasaydi. Ayollar uydan koʻchaga chiqishi taqiqlandi. Yilllar oʻtgani sayin vaziayt yumshay boshladi. 2006-yil aprelda Prezident Mahmud Ahmadinajod konservatorlarning eʼtirozlariga qaramay, ayollarning stadionlarga kirishiga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Biroq, taqiq Oliy Lider Oyatulloh Humayniy tomonidan 2006-yil 8-maydaqayta tiklandi[2]. Hozirgi kunda ham ayol futbolchilar maxsus diniy kiyim (hijob)ga oʻrangan holda maydonga tushadilar.

2015-yilda Eron ayollar futboli tarixida birinchi marta milliy terma jamoa qitʼa musobaqasiga yoʻl oldi. (Eron U20 va U17 jamoasi oʻz yosh toifalari boʻyicha Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga yoʻl olishgan).

Mavsumlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kowsar ayollar futbol ligasi chempionlari[3]
Mavsum Chempionlar Ikkinchi oʻrin
2007-08 Bal Gostar Malavan
2009-10 Malavan Oghab Mazandaran
2010-11 Shen Sa Arak Malavan
2011-12 Khatoon FC Sorx Poushan Gorgan
2012-13 Khatoon FC Malavan
2013-14 Khatoon FC Malavan
2014-15 Khatoon FC Malavan
2015-16 Shahrdari Sirjon Malavan
2016-17 Ayande Sazan Mihan Khatoon FC
2017-18 Khatoon FC Shahrdari Sirjon
2018-19 Khatoon FC Shahrdari Sirjon
2019-20 Khatoon FC Vuchan Kurdiston
2020-21 Shahrdari Sirjon Khatoon FC
2021-22 Khatoon FC Shahrdari Sirjon

Joriy klublar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Shahar
Khatoon FC Bam
Malavan Bandar Anzali
Sepahan Isfaxon
Palayesh Gas Ilom
Shahrdari Sirjon Sirjon
Sargol Busher
Heyat Football Alborz Karaj
Hamyari Urmiya
Vuchan Sanandaj
Zagros Sheroz

Chempionlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Chempionlik Ikkinchi oʻrin Gʻalaba qozongan mavsumlar
Khatoon FC
8
2
2011-12, 2012-13, 2013-14, 2014-15, 2017-18, 2018-19, 2021-22
Shahrdari Sirjon
2
3
2015-16, 2020-21
Malavan
1
6
2009-10
Shen Sa Arak
1
-
2010-11
Bal Gostar
1
-
2007-08
Ayande Sazan Mihan
1
-
2016-17
Sorkh Poushan Gorgan
-
1
2011-12
Oghab Mazandaran
-
1
2009-10
Vuchan Kurdiston
-
1
2019-20

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „جدول ليگ برتر بانوان - ليگ کوثر“. 2015-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  2. 2,0 2,1 Banerjee. „2022 AFC Women's Asian Cup: From Japan's WE League to Australia's A-League Women - How Asia is developing the women's game?“. Goal.com (12-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2022-yil.
  3. „Iran - List of Women Champions“. RSSSF. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]