Chendu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chendu — Xitoyning markaziy kismidagi shahar, Mintsyazn daryosi vodiysida. Sichuan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 9,9 mln. kishi (1999, shahar atrofi bilan). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Koʻp tarmokli mashinasozlik (stanoklar, radioapparatura, transport vositalari), mis, alyuminiy, kimyoviy oʻgʻitlar ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy xunarmandchilik rivojlangan. universitet bor. Shaharga miloddan avvalgi 4-asrda asos solingan. 13, 16—18-asrlarga oid meʼmoriy obidalar saklangan.