Bangladesh ayollar futbol ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bangladesh ayollar futbol ligasi
Davlat Bangladesh
Konfederatsiya AFC, Osiyo
Futbol tuzilmasidagi oʻrni Oliy futbol ligasi
Tashkil etilgan 2-oktyabr, 2011-yil (12 yil avval) (2011-10-02)
Jamoalar soni 8[1]
Amaldagi chempion Bashundhara Kings Women
Eng koʻp marta chempion Bashundhara Kings Women (2 marta)
Toʻpurarlar Sabina Khatun (115ta gol)
TV hamkorlar T Sports
Amaldagi oʻyin 2020–21 Bangladesh ayollar futbol ligasi

Bangladesh ayollar futbol ligasi 2011-yilda tashkil etilgan Bangladesh ayollar klublari o'rtasidagi oliy divizion futbol musobaqasidir. Liga Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan o'tkaziladi va boshqariladi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bangladesh ayollar futbol ligasi 2011-yilda Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mamlakatning eng yuqori darajadagi ichki ayollar futbol ligasi hisoblanadi[3]. Lekin dastlab ikki mavsumdan so'ng (2013-yil), liga noma'lum sabablarga ko'ra noma'lum muddatga qoldirildi. 7 yillik uzoq tanaffusdan so'ng, Bangladesh Futbol Federatsiyasi 2020-yilda Bangladesh ayollar futbol ligasini qayta tashkil qildi. Hozirda Cholo Kheli Trust tashkiloti Bangladesh ayollar futbolining strategik hamkori hisoblanadi.

Cholo Kheli Trust xayriya jamg'armasini to`plash, sport, ta'lim, sog'liqni saqlash sohalarida axborot bilan birgalikda ishlash va strategiyalarni yaratish, Bangladeshning keyingi avlod yoshlarini sport va o'yinni sevishga, qadrlashga va o`ynashga ilhomlantirish, shuningdek, bu yo`lda boshqa tegishli vazirliklar bilan hamkorlikni amalga oshirish uchun tashkil etilgan. Cholo Kheli Trust tashkiloti, shuningdek, Bangladesh ayollar futbol ligasi o`yinchilarining yaxshi bilimli, sog'lom bo'lishlarini va dunyodagi eng yaxshi standartlardan xabardor bo'lishlariga ham harakat qiladi.

Bangladesh ayollar futbol ligasi chempionlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Chempion klub Hisob Finaldagi raqibi
2011 Sheikh Jamal Dhanmondi Club Women 2–0[4] Dhaka Mohammedan Women
2013 Dhaka Abahani Women 3–1[5] Dhaka Mohammedan Women

Bangladesh ayollar futbol ligasi 2013-yildan 2020-yilga qadar to`xtatilgan. Lekin 2020-yilda qayta tashkil etilishidan oldin yangi mavsum g`oliblari 2019—2020-yillar mavsumi g`olibi bo`lishi kelishib olingan[3].

Mavsum Chempion klub Hisob Finaldagi raqibi Man.
2019–20 Bashundhara Kings Women 4–2[4] Nasrin Sporting Club [6]
2020–21 Bashundhara Kings Women 3–2[5] ARB Sporting Club [7]

Statistika va o'yinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsumlarning eng yaxshi to'purarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Futbolchi Klub Gollar soni
2011 Bangladesh Sabina Khatun Sheikh Jamal DC Women 25[8]
2013 Bangladesh Aungmraching Marma Dhaka Abahani Women 29[9]

2019–20

Bangladesh Sabina Khatun Bashundhara Kings Women 35[10]
2020-21 Bangladesh Krishna Rani Sarkar Bashundhara Kings Women 28[11]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Women's football league to begin 27 March“. Daily Sun (2021-yil 7-mart). Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  2. „Women's football league to begin on Jan 31“. UNB (26-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 27-dekabr 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 „BWFL deferred one week“. Dhaka Tribune (30-yanvar 2020-yil), s. Manba. Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
  4. 4,0 4,1 „Sheikh Jamal win women's league“ (en). The Daily Star (2011-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  5. 5,0 5,1 „Abahani girls beat Mohammedans, clinch football title“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  6. „Unstoppable Kings clinch Women's Football League“ (6-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 4-aprel 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  7. „Bashundhara Kings retain title“. The Daily Star (18-iyul 2021-yil). Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
  8. „Jamal clinch women's title“. archive.bff.com.bd. Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  9. „Abahani clinch women’s football league title“. Dhaka Mirror (31-mart 2013-yil). Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  10. „Kings conclude league with 119 goals in 12 matches“. Dhaka Tribune (9-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  11. „Krishna crowned top scorer trophy WFL 2021“. Daily Sun (18-iyul 2021-yil). Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.