Helsinki kelishuvlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xelsinki yakunlovchi aktidan yoʻnaltirildi)
Imzolangan sanasi 30-iyul – 1-avgust 2015
Imzolangan joyi  Finlandiya, Helsinki, Finlandia Hall
Tomonlar Helmut Schmidt
Erich Honecker
Gerald Ford
Bruno Kreisky
Leo Tindemans
Todor Zhivkov
Pierre Trudeau
Makarios III
Anker Jørgensen
Carlos Arias Navarro
Urho Kekkonen
Valéry Giscard d’Estaing
Harold Wilson
Konstantinos Karamanlis
János Kádár
Liam Cosgrave
Geir Hallgrímsson
Aldo Moro
Walter Kieber
Gaston Thorn
Dom Mintoff
André Saint-Mleux
Trygve Bratteli
Joop den Uyl
Edward Gierek
Francisco da Costa Gomes
Nicolae Ceaușescu
Gian Luigi Berti
Agostino Casaroli
Olof Palme
Pierre Graber
Gustáv Husák
Süleyman Demirel
Leonid Brejnev
Josip Broz Tito
Germaniya Federativ Respublikasi (Gʻarbiy Germaniya) kansleri Gelmut Shmidt, Germaniya Demokratik Respublikasi (Sharqiy Germaniya) Davlat kengashi raisi Erich Xonekker, AQSH prezidenti Gerald Ford va Avstriya kansleri Bruno Kreisky.
Chapdan oʻngacga Henry Kissinger, Brejnev, Ford va Gromiko AQSh elchixonasi tashqarisida, Helsinki, Finlandiya, 1975)

Helsinki kelishuvlari, yoki Helsinki Yakuniy akti va Helsinki deklaratsiyasi deb ham ataladigan hujjat 1975-yil 30-iyuldan 1-avgustgacha Finlandiyaning Helsinki shahrida boʻlib oʻtgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha konferensiyaning uchinchi bosqichining yakuniy yigʻilishida imzolangan hujjatdir. Helsinki jarayoni deb nomlanuvchi ikki yillik muzokaralardan soʻng boʻlgan voqeadir[1]. Oʻsha paytda mavjud boʻlgan barcha Yevropa mamlakatlari (Xitoyparast Albaniya va yarim suveren Andorra hisoblamaganda), shuningdek, AQSh va Kanada, yaʼni jami 35ta ishtirokchi davlatlar, toʻgʻrirogʻi etganda Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi Sovuq urushni pasayishni yaxshilash maqsadida Yakuniy hujjatni imzolaydilar. Biroq, Helsinki kelishuvlari majburiy emas edi, chunki ular parlamentlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak boʻlgan shartnoma maqomiga ega emas edi[2]. Baʼzan „Helsinki pakti(lar)i“ atamasi norasmiy ravishda ham qoʻllanilgan[3].

Hujjat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik komissiyasi terminologiyasida toʻrtta guruh yoki savat mavjud edi. Birinchi savatda „Ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni boshqaradigan tamoyillar toʻgʻrisidagi deklaratsiya“ (shuningdek, „Dekalog“ deb ham atalgan) quyidagi 10 banddan iborat edi:

I. Suveren tenglik, suverenitetga xos boʻlgan huquqlarni hurmat qilish

II. Doʻq-poʻpisa qilish yoki kuch ishlatishdan voz kechish

III. Chegaralarning daxlsizligi

IV. Davlatlarning hududiy yaxlitligi

V. Nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish

VI. Ichki ishlarga aralashmaslik

VII. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini, shu jumladan fikr, vijdon, din yoki eʼtiqod erkinligini hurmat qilish

VIII. Teng huquqlar va xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashligi

IX. Davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik

X. Xalqaro huquq boʻyicha majburiyatlarni vijdonan bajarish

Ikkinchi savat iqtisodiy, ilmiy va texnologik hamkorlikni vaʼda qildi; ishbilarmonlik aloqalari va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish; transport tarmoqlarini bir-biriga ulash; va axborot oqimini oshirish. Uchinchi savatga oilaviy birlashish, nikoh va sayohat kabi insoniy kontekstni yaxshilash boʻyicha majburiyatlar kiritilgan. Shuningdek, jurnalistlar sharoitini yaxshilash va madaniy aloqalarni kengaytirishga intildi. Toʻrtinchi savat ijroni nazorat qilish va kelajakdagi uchrashuvlarni rejalashtirish tartib-qoidalari bilan bogʻliq boʻldi[4].

Kelishgan tomonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Helsinki Process: An Overview“ (PDF). The Helsinki Process Four Decade Overview. 2021-08-26da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2022-05-24. {{cite magazine}}: Text "date - 2019-yil" ignored (yordam)
  2. Encyclopædia Britannica. Helsinki Accords. Manbada mavjud: http://www.britannica.com/EBchecked/topic/260615/Helsinki-Accords
  3. „Helsinki pact: A three-way battle in Madrid“. Christian Science Monitor. 9–sentabr 1980–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. Timothy J. Lynch, ed., The Oxford Encyclopedia of American Military and Diplomatic History (2013) 1: 460-62.