Belfast

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Belfast — Shimoliy Irlandiya (Buyuk Britaniya)ning yirik shahri. Belfast-Lox qoʻltigʻidagi katta port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 304 ming kishi (1986). B. kanal va temir yoʻl orqali ichki rayonlar bilan bogʻlangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kemasozlik (yirik harbiy va yoʻlovchilar tashuvchi kemalar). elektrotexnika, mashinasozlik (asosan kema va toʻqimachilik sanoati uchun mashinalar), samolyotsozlik, jun gazlama, gilam, sunʼiy tola ishlab chiqarish va boshqa Universitet (1845 yildan), texnologiya kolleji, rasmlar galereyasi bor. Shahar 12-asrdan maʼlum. Irlandiya boʻlib yuborilgach (1921), Shim. Irlandiyadagi liniy ixtiloflar natijasida yuzaga kelgan mojarolar markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil