Kontent qismiga oʻtish

Viki yodgorliklarni sevadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viki yodgorliklarni sevadi
(inglizcha: Wiki Loves Monuments)

Viki yodgorliklarni sevadi musobaqasi logotipi

2024-yillarda Viki yodgorliklarni sevadi tanlovida mamlakatlar
Janri Fotografiya
Boshlanishi 1-sentyabr [1]
Tugashi 31-oktyabr [2]
Lokatsiya Dunyo boʻylab
Faol yillari 15
Ochilish 2010-yil
Eng soʻnggi tadbir 2024-yil
Ishtirokchilar Fotograf
Tashkilotchi Vikipediya hamjamiyati aʼzolari
Veb-sayt WikiLovesMonuments.org

Viki yodgorliklarni sevadi (inglizcha: Wiki Loves Monuments) – har yili sentyabr–oktyabr oyida oʻtkaziladigan yillik xalqaro fotosuratlar tanlovi boʻlib, butun dunyo boʻylab Vikipediya hamjamiyati aʼzolari tomonidan mahalliy Vikimedia filiallari yordamida tashkil etiladi. Ishtirokchilar oʻz mintaqasidagi mahalliy tarixiy yodgorlik va meros obyektilarni suratga oladi va Wikimedia Commonsga yuklaydi. Tadbirning maqsadi odamlarni ushbu yodgorliklarni suratga olishga undash va ulardan nafaqat Vikipediyada, balki hamma joyda qayta foydalanishi mumkin boʻlgan bepul litsenziyaga qoʻyish maqsadida ishtirokchi mamlakatlarning meros obyektlarini ommalashtirishdir.

Birinchi Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi 2010-yilda Niderlandiyada sinov loyiha sifatida oʻtkazilgan. Keyingi yili u Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaldi va Guinness rekordlar kitobiga koʻra, Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi eng yirik fotografiya tanlovi boʻyicha jahon rekordini yangiladi[3]. 2012-yilda tanlovda Yevropadan tashqaridagi davlatlar ham, jami 35 ta davlat ishtirok etdi[4]. Viki yodgorliklarni sevadi 2012 davomida tarixiy obidalarning 350 000 dan ortiq fotosuratlari 15 000 dan ortiq ishtirokchilar tomonidan yuklangan. 2013-yilda Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi olti qitʼada, jumladan, Antarktidada ham boʻlib oʻtdi va unda dunyoning ellikdan ortiq mamlakati rasmiy ishtirok etdi. 2016-yilgi Viki yodgorliklarni sevadi tanlovi UNESCO tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va 43 mamlakatdan 10 700 ishtirokchi 277 000 ta fotosurat taqdim etdi[5][6].

2023-yildan buyon Oʻzbekiston ham ushbu tanlovda ishtirok etib kelmoqda[7].

Infographic showing the actual behind-the-scenes workflow

Quyida Viki yodgorliklarni sevadi xalqaro tanlovi mukofot sovrindorlari roʻyxati keltirilgan:

Yil Fotograf Davlat Tavsif
2010 Rudolphous Niderlandiya Niderlandiya Vijzelstraat 31 Amsterdamdagi shahar
2011 Mihai Petre Ruminiya Ruminiya Chiajna monastirining qishgi rasmi. Monastir Buxarestning chekkasida joylashgan.
2012 Pranav Singh Hindiston Hindiston Safdar Jang maqbarasi, Nyu-Dehli, Hindiston
2013 David Gubler Shveysariya Shveysariya RhB Ge 4/4 II surish-tortish poyezdi Wiesen va Filisur, Shveysariya oʻrtasidagi Wiesen viyadukini kesib oʻtadi.
2014 Konstantin Brizhnichenko Ukraina Ukraina Svyatohirsk lavrasi, Sviatohirsk, Ukraina.
2015 Marco Leiter Germaniya Germaniya Vesterhevers va dengiz chiroqlari
2016 Ansgar Koreng Germaniya Germaniya Berlindagi viloyat sudining kirish zali, Germaniya
2017 Prashant Khatore Hindiston Hindiston Punadagi Xandoba ibodatxonasi
2018 Alireza Akhaghi Eron Eron Shayx Lutfulloh masjidi
2019 Marian Naworski Polsha Polsha Stawiszyndagi tashlab ketilgan Evangelist cherkovi
2020 Farzin Izaddoust dar Eron Eron Sohroldagi Avliyo Ioann cherkovi
2021 Donatas Dabravolskas Braziliya Brazilya Real Gabinete Português de Leitura [8]
2022 Kriengsak Jirasirirojanakorn Tailand Tailand Bangkokdagi Buyuk saroy devori tashqarisida velosiped haydab ketayotgan erkak
Vikipediyachilar Erfurtda Viki yodgorliklarni sevadi tanlovida ishtirok etmoqda.

Viki yodgorliklarni sevadi tanloviga asoslangan bir nechta spin-offlar mahalliy va xalqaro miqyosda Vikimedia harakati doirasida tashkil etilgan. Ular, odatda, Viki yodgorliklarni sevadi asoslariga amal qiladilar va asosan ularning doirasi va baʼzi qoidalardagi oʻzgarishlarda farqlanadi.

  • 2013-yil bahorda, Ukrainada, asosiy maqsadi Ukrainadagi tabiiy meros obyektlarini suratga olishga va keyinchalik ularni Wikimedia Commonsga yuklashga qaratilgan fotosuratlar tanlovi Viki yerni sevadi (ukraincha: Вікі любить Землю) tashkil etilgan[9].
  • Bir necha oy oʻtgach, Wikimedia Shvetsiya va Europeana ommaviy sanʼat asarlaridan olingan fotosuratlar sonini koʻpaytirish maqsadida iki Loves Public Art nomli foto tanlovini boshladi[10]. Loyiha besh mamlakatda tashkil etilgan va natijada 9250 dan ortiq fotosuratlar yuklangan[11].
  • 2013-yil kuzida Shimoliy Makedoniyada meros obyektlari, taomlar, kiyim-kechak, gobelenlar, hunarmandchilik, raqslar va anʼanaviy madaniyatning boshqa elementlarining fotosuratlarini yushurishni maqsad qilgan Wiki Loves Cultural Heritage fotografik tanlovi tashkil etildi[12].
  1. odatda boshlanadigan kun
  2. odatda tugaydigan kun
  3. Guinness World Records, Largest photography competition, 2012.
  4. Eglash, Ruth „Hundreds of cultural sites to be visually documented during "Wiki Loves Monuments event."“. Jerusalem Post (2012-yil 28-avgust). Qaraldi: 2012-yil 15-sentyabr.
  5. Choudhry, Saqib Qayyum. „Wiki Loves Monuments: Top 10 pictures from Pakistan“. Dawn (2016-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-oktyabr.
  6. „Wiki Loves Monuments statistics“. tools.wmflabs.org. Qaraldi: 2016-yil 18-dekabr.
  7. O‘zbekiston milliy axborot agentligi. „“Вики ёдгорликларни севади” халқаро танлови“ (2023-yil 24-avgust).
  8. „And the winner of #WikiLovesMonuments 2021 is Donatas Dabravolskas with this wonderful photo of Royal Portuguese Cabinet of Reading in #Brazil. Great shot for a spot often crowded by tourists.“. Twitter.com. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
  9. Nagorodjeno peremojsіv konkursu „Vіkі lyubit Zemlyu“ (Wayback Machine saytida 2016-09-24 sanasida arxivlangan), Ukrainian Internet Association.
  10. „Wiki Loves Public Art, an international photographic contest“. Creative Heritage (2013-yil 20-iyun). 2014-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  11. International Winners of Wiki Loves Public Art 2013 (Wayback Machine saytida 2017-08-20 sanasida arxivlangan), Europeana, 31 July 2013.
  12. Izbor na naјdobrite fotografii na natprevarot na Vikimediјa za Makedoniјa (Wayback Machine saytida 2013-12-29 sanasida arxivlangan), Utrinski vesnik, 26 December 2013.