Kontent qismiga oʻtish

Erfurt

Vikipediya, erkin ensiklopediya
nothumb Erfurt nothumb
Tashkil topgan sanasi
742-yil
Maydoni
269,17 km²
Aholisi
203 830 kishi
Burgomistr Andreas Bausewein
Pochta indeksi
99001-99198
Telefon kodi
+49 361
Vebsayt www.erfurt.de/ef/en

Erfurt — Germaniyadagi shahar, Gera daryosi boʻyida. Tyuringiya Respublikasining maʼmuriy markazi. Aholisi 202,1 ming kishi (1999). Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: temirchilikpresslash uskunalari, radioelektronika jihozlari, elektron hisoblash texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Kimyo, mebel, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tibbiyot akademiyasi, universitet bor. E.ga 741 yilda asos solingan. VIII asrda yirik savdo shahri boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12— XV asrlarda qurilgan gotika cherkovi va sobor saqlangan. E.da gul navlarining xalqaro koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

ErfurtGermaniyaning Turingiya federal yerining poytaxti.