Jimmy Wales

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Jimmy Wales
Jimmy Donal Wales
Jimmy Wales Fundraiser Appeal edit.jpg
Asl ismi Jimmy Donal Wales
Tavalludi 7-avgust 1966-yil (1966-08-07) (55 yosh)
Fuqaroligi  USA AQSH

Jimmy Donal Wales (talaffuzi: Jimmi Donal Ueyls), shuningdek Jimbo nomi bilan taniqli (7 avgust 1966-yil; Hantsvill, Alabama, AQSH) — amerikalik internet-tadbirkor, viki konsepsiyasi ideologi, Vikipediya asoschilaridan biri, Vikimedia Jamgʻarmasining raisi (2003—2006). 2011-yildan Vikimedia Jamgʻarmasining faxriy raisi, Vikipediya va boshqa viki-loyihalarni boshqaradigan tijorat tashkiloti boʻlmish Wikia shirkatining asoschisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jimmy Wales oʻzining birinchi turmush oʻrtogʻi Pamela Green bilan talabalik davrida tanishgan. U ushbu turmush oʻrtogʻi bilan 1994-yilda Chikagoga koʻchib oʻtgan, biroq keyinchalik ajrashgan.

Ikkinchi xotini — Christine Rohan Mitsubishida treyder sifatida faoliyat yuritgan. U bilan ham Wales ajrashgan. Ushbu nikohdan ularning bitta qizi bor.

Wales 2011-yildan Buyuk Britaniyada Kate Garvey bilan istiqomat qiladi. Garvey Buyuk Britaniyanign sobiq bosh vaziri Toni Blair qoʻli ostida referant-kotiba lavozimida ishlagan. 2012-yilning 6-oktabr kuni Wales va Garvey rasman oila qurishdi. Ularning bir qizi bor.

Wales oʻzini ateist deb hisoblaydi. Uning soʻzlariga koʻra, uning oʻz falsafasi uning ongida muqim joy egallagan va shuning uchun u oʻzini butunlay ateist deb hisoblaydi.