274301 Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

2008-yilning 25 avgust kuni ukrainalik astronomlar tomonidan kashf etilgan 274301 sonli asteroid „Vikipediya“ sharafiga nomlandi.[1] Bu haqdagi qayd „Kichik sayyoralar sirkulyari“ga 27 yanvar kuni kiritilgan (467-sahifa).

274301 sonli asteroid Ukrainaning Jitomir viloyatida joylashgan Andrushev astronomik observatoriyasida kashf etilgan edi. Fazoviy jism Quyosh atrofida taxminan 2,3 astronomik birlik masofada (taxminan 344 million kilometr) aylanadi, bitta toʻliq aylanib chiqishi uchun esa 3,68 yil kerak boʻladi.[2]

Asteroidga nom berilgani toʻgʻrisidagi qaydnomada „Vikipediya“ ochiq onlayn-ensiklopediya ekanligi, undagi maʼlumotlar jamoaviy tarzda butun dunyodagi mualliflar tomonidan toʻldirib borilishi yozilgan.

Asteroidni „Vikipediya“ sharafiga nomlash taklifi „Vikimedia Ukraina“ jamoat tashkiloti boshqaruvi aʼzosi Andrey Maxukidan chiqqan. Vikipediya asteroidining nimadan tashkil topgani tugal aniq emas, biroq, taxminlarga koʻra bu metall va toshlardan tarkib topgan asteroiddir.

Manbalar[tahrir]

  1. Астероидни «Википедия» шарафига номлашди
  2. Астероид назвали в честь «Википедии»

Havolalar[tahrir]