Viki Yerni sevadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viki Yerni sevadi (ingliz tilida asl nusxasi Wiki Loves Earth yoki qisqacha WLE) — har yili may-iyun oylarida oʻtkaziladigan xalqaro fotografiya tanlovi boʻlib, butun dunyo boʻylab Vikipediya hamjamiyati aʼzolari tomonidan Wikimedia Foundation mahalliy filiallari koʻmagida tashkil etiladi. Ishtirokchilar oʻz mamlakatlaridagi mahalliy tabiiy meros va manzarali landshaftlarni suratga oladi va ularni Wikimedia Commonsga yuklaydi.

„Wiki Loves Earth“ xalqaro fototanlovining mazmuni va maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (qoʻriqxonalar, milliy bogʻlar va boshqalar) suratga olishdan iborat. Vazifani yengillashtirish uchun har bir mamlakat ishtirokchilariga bunday hududlarning maxsus yaratilgan roʻyxati taklif etiladi. Bu musobaqa shunchaki musobaqa emas, u katta maʼrifiy, madaniy va axborot ahamiyatiga ega. Ushbu tanlov tufayli butun dunyo boʻylab millionlab odamlar sayyoramizning oʻsimlik va hayvonot dunyosi, tabiiy landshaftlarning goʻzalligi va xilma-xilligi, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi muammolar va yutuqlar haqida yangi bilimlarga ega boʻlmoqdalar.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wiki Loves Earth — sentabr oyida boʻlib oʻtadigan va tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarga qaratilgan yillik Wiki Loves Monuments foto tanlovining analogidir.

Birinchi marta „Wiki Loves the Earth“ tanlovi 2013-yilda Ukrainada boʻlib oʻtgan. Tanlov tashkiliy qoʻmitasiga etnograf Yevgeniy Buket rahbarlik qildi[1][2]. Keyingi yillarda musobaqa xalqaro tus oldi va boshqa mamlakatlarda ham tarqaldi.[3].

2014-yilda xalqaro fototanlovda 15 davlat ishtirok etdi[4]. 2015-yilda Wiki Loves the Earth jurnali 26 mamlakatdan 8500 ishtirokchining 100 000 dan ortiq fotosuratlarini koʻrib chiqdi[5]. Fotokonkurs keyinchalik 50 dan ortiq mamlakatlarni qamrab oldi va 40 000 dan ortiq ishtirokchilardan 420 000 dan ortiq fotosuratlarni toʻpladi. U dunyodagi eng yirik fototanlov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan[6][7].

2023-yilda Viki Yerni sevadi tanlovi Oʻzbekistonda ilk bor o‘tkaziladi.

Xalqaro tanlov gʻoliblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Стартував фотоконкурс «Вікі любить Землю»“ (deadlink). 2014-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  2. Семенюк Віктор. В авангарді Європи // Культура і життя. — 2015. — 1-9 січня. — № 1-2 (4624-4625). — С. 4.
  3. Guinness World Records, Largest photography competition, 2012.
  4. „Wikipedia's second international photo contest "Wiki Loves Earth" to start on May 1“. Kyiv Post (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 15-may 2015-yil.
  5. SAQIB, QAYYUM. „Wiki Loves Earth: Top 10 pictures from Pakistan“. Dawn (4-iyun 2015-yil). Qaraldi: 4-iyun 2015-yil.
  6. Saqib Qayyum. „Wiki Loves Monuments: Top 10 pictures from Pakistan“. Dawn (25-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 15-may 2015-yil.
  7. Sheharyar, Rizwan. „Awaiting images worth a thousand words!“. Dawn (21-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 15-may 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]