Vatvot
Vatvot | |
---|---|
Muhammad bin Abduljalol al-Umariy | |
![]() Vatvotning „Yuz hikmat“ asarining muqaddima sahifasi | |
Tavalludi |
tax. 1087-yil Balx |
Vafoti |
1182/3 (97 yoshda) Xorazm |
Fuqaroligi | Xorazmshohlar davlati |
Kasbi | Kotib, shoir, adabiyotshunos |
Vatvot[izoh 1], Rashididdin, Rashid (taxalluslari; asl ismi Muhammad bin Abduljalol al-Umariy; 1087-yil, Balx – 1177 yoki 1183-yil, Xorazm) – shoir, adabiyotshunos olim.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balxning „Nizomiya“ madrasasida taʼlim olgan, falsafa, adab haqidagi ilmlarni chuqur oʻrgangan. Keyinchalik Xorazmga kelib, Xorazmshoh Otsiz (1127—56) saroyida ijod qilgan. „Saʼd-al-mulk“ („Mamlakat baxti“) faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. Fors va arab tillarida yozgan. Gʻazal, ruboiy, qitalarida adolat, odamiylik, insoniy muhabbatni ulugʻlagan. Qasidalari xorazmshohlarga bagʻishlangan. Sheʼriyat nazariyasiga oid „Hadoiq as-sehr fi daqoiq ash-sheʼr“ („Sheʼriy nozikliklardan sehr bogʻlari“) asari 1156-yilgacha Xorazmda yozilgan. Unda tajnis, sajʼ, zulqofiyatayn, maqlubi mustavi, savol-javob kabi sheʼriy sanʼatlar haqida soʻz yuritilgan. Asar keyingi davr shoir va adabiyot olimlariga qoʻllanma sifatida xizmat qilgan. Adabiyotshunos Sharafiddin Romiy (XIV asr) bu asarga „Hadoiq al-haqoyiq“ („Xaqiqat bogʻlari“) nomli sharh yozgan. Shams Qays Roziy, Ataulloh Xusayniy sheʼriy sanʼatlar haqidagi asarlarida unga murojaat qilganlar. Bobur ham „Muxtasar“ risolasida Vatvotni tilga olgan[1].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Vatvot“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (V-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Yozuvchi, shoir yoki dramaturgga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |