Udoytepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Udoytepa, Odeytepa — qad. shahar xarobasi (mil. av. 1-ming yillik — mil. 12-asr). Amudaryo bulshdagi Fo-rob t.y. stansiyasidan 30 km shim.da joylashgan. Umumiy maydoni 23 ga. U.ning eng qad. madaniy qatlamlari ilk temir davriga oid boʻlib, soʻngra hayot 912-asrlarga qadar betoʻxtov davom etgan. Shahar dumaloq shaklda boʻlib 3 qismdan tashkil topgan, har bir qism qalin mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Tarixiy manbalarda (9-asr) qayd etilgan Umm Jaʼfar qalʼ-asi U. oʻrnida boʻlgan deb taxmin qilinadi. Qalʼa yaqinida arablar istilosi davrida arablar bilan turkiylar oʻrtasida 2 jang sodir boʻlgan (730 y.). Qalʼaning Buxoro viloyati chegarasida joylashgani muhim stra-tegik ahamiyat kasb etgan. "Umm Jaʼ-far" atamasi arablar tomonidan qoʻyilgan boʻlib, ayol kishi nomidan olingan. Islomdan avval u boshqacha nom bilan Xukanja yoki Xoqonja deb atalgan, 9-asrda arabcha Umm Jaʼfar deb nomlangan. Keyinchalik qalʼa va uning atrofidagi mavze eski nomi bilan yuritila boshlagan.