U dunyoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
U dunyoda
Asl nomi Дар он дунё
Muallif(lar) Fazliddin Muhammadiyev
Tarjimon(lar) Ashurali Ahmedov
Til tojik
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1966
Nashriyot Irfon
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1968

„U dunyoda“ (tojikcha: Дар он дунё), toʻliq nomi „U dunyoda, yoki haj qissasi“tojik yozuvchisi Fazliddin Muhammadiyev qalamiga mansub qissa. Muallif dinni tanqid qiluvchi ushbu asarni 1965-yil bir guruh musulmon bilan Makka va Madina shaharlariga qilgan haj davomida boshidan kechirganlariga asoslanib yozgan. Qissa ilk bor 1966-yil Dushanbe shahrida „Irfon“ nashriyotida chop etiglan. Muhammadiyev „U dunyoda“ va „Chekkadagi uy“ qissalari uchun 1965-yil Rudakiy nomidagi Tojikiston SSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan[1].

Asarda Islom diniga satirik nazar bilan qaralgan. Muhammadiyev hajdan qaytib kelganidan keyin hoji unvonini olishdan bosh tortgan va „U dunyoda“ qissasini yozgan[2]. Natijada 1986-yil radikal musulmonlar muallifni pichoqlab oʻldirgan[manba kerak].

Asarni 1968-yil Ashurali Ahmedov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1970-yil Yuriy Smirnov rus tiliga tarjima qilgan[3]. Ruscha nashr kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olingan. 1982-yil Cecīlija Dinere latish tiliga tarjima qilgan[4][5]. 1983-yil „Maorif“ nashriyotida rus tilida qayta nashr qilingan[6].

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni 1968-yil Ashurali Ahmedov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Rahimov – muharrir, G. Golovkov – rassom, Yu. Pavlov – rasmlar muharriri, M. Mirqosimov – texnik muharrir, M. Abdushukurova – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Muallif Fazliddin Muhammadiyev biografiyasi va kitoblari“ (ruscha). SentrAziya. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  2. „Muhammadiyev Fazliddin Aminovich“ (ruscha). RuLit. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust. (Wayback Machine saytida 2016-08-09 sanasida arxivlangan)
  3. „U dunyoda“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
  4. „Cecīlija Dinere“ (latischa). Literatura. Qaraldi: 10-mart 2024-yil.
  5. „U dunyoda“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
  6. „U dunyoda“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]