Troyalik Yelena (serial)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Troyalik Yelena — 2003-yilda Britaniya-Amerika televideniyesi tomonidan suratga olingan serial. Gomerning Troya urushi haqidagi “Iliadadostonida aytilgan hikoyaga asoslangan. Ushbu serial nomi Stenli Beyker ishtirokidagi 1956-yilda suratga olingan film bilan bir xil. Unda Yelena rolida Sienna Gilori, Paris rolida Metyu Marsden, Agamemnon rolida Rufus Syuell, Menelaus rolida Jeyms Kallis, Priam rolida Jon Ris-Davis, Xekuba rolida Maryam d'Abo, shuningdek, Tesey rolida esa Stellan Skarsgard suratga tushgan. Serial toʻliq Malta orolida suratga olingan. Bu voqeadagi Axilles qaxramoni oʻylab topilgan.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Parisning tug'ilishi va uning Troya urushiga sabab bo'lishi haqidagi bashorati bilan boshlannadi. Parisning otasi qirol Priam uni Ida tog'ida qoldiradi va u yerda cho'pn Agelaus tomonidan tarbiyalanadi. U ulg'ayganida (Parisning hukmi deb nomlangan kunda) Gera, Afina va Afrodita ma'budalariga duch keladi va undan qaysi biri go'zalligi haqida hukm qilishini so'raydi. Gera unga qudratni, Afina esa g'alabani taklif qiladi, lekin u dunyodagi eng go'zal ayolni sevgisini va'da qiladi. Spartada Troyalik Yelena Agamemnon bilan uchrashadi, u o'zi aslida Yelenaning singlisi Klitemnestrani kelin deb da'vo qilish uchun kelgan, ammo Yelenani yoqtirib qoladi. Yelena Tesey ishtirokida ikki afinalik tomonidan o'g'irlab ketiladi. Uning akasi Polluks uni qutqarish uchun Afinaga bostirib kiradi, lekin Tesey Polluksni o'ldiradi. G'azablangan Yelenaning otasi Tindareus uni qo'lini so'rayotganlarga bu masalani qoldiradi. Ko'p erkaklar raqobatlashadi, lekin u Menelausga turmushga chiqadi. Qolgan da'vogarlar uning erini da'vosiga hurmatsizlik qilganlarga qarshi urush ochishga qasamyod qiladilar. Paris Agamemnonni jahlini chiqargan Menelaus bilan tinchlik shartnomasini tuzish uchun Spartaga yuboriladi. Shartnoma rad etiladi va Agamemnon uni o'ldirish uchun fitna uyushtiradi. Paris Yelenani uchratadi va uning sevgisiga erishadi, ikkalasi Troyaga qochadi. Menelaus ukasidan Troyaga qarshi urush olib borishni talab qiladi va sobiq da'vogarlar qasamyodni bajarish uchun yig'iladi. Yunonlar Yelenani qaytarishni talab qilish uchun kelganlarida, Priam rad etadi. Yunonlar Troyaga hujum qilib, egallab olishdi. Urush avjiga chiqadi. Agar bitta duelda Menelaus Parij ustidan g'alaba qozonsa, Agamemnon urushni tugatishga rozi bo'ladi. Agamemnon Menelausning nayzasini zaharlaydi.

Aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sienna Guillory as Yelena
  2. Matthew Marsden as Paris

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Helen of Troy
  2. Елена Троянская [IMDb]