Afina (maʼbuda)
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Afina (Afina Pallada) – yunon afsonalaridagi urush va gʻalaba, san’at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma’budasi. Zevsning qizi. Zevsning boshidan toʻla qurollangan holatda (dubulgʻa va sovut bilan) tugilgan. Afina shahrining homiysi. Rim afsonasidagi Minervaga mos keladi. Yunon san’atining nodir yodgorligi boʻlgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Aginaning jasur qiz shaklida tasvirlangan katta haykali qoʻyilgan. Afina shahriga bu ma’budaning nomi qoʻyilgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |