Madaniyat saroylari va uylari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Madaniyat saroylari va uylari — yirik klub muassasalari. Aholining madaniy dam olishini uyushtirish maqsadida quriladi. Madaniyat saroylari va uylari va u.da koʻp oʻrinli tomosha va maʼruza zallari, doimiy kinoqurilmalar, kutubxonalar, toʻgarak mashgʻulotlari, tasviriy sanʼat va boshqa uchun alohida xonalar boʻladi. Madaniyat saroylari va uylari va u.da koʻrgazmalar tashkil qilinadi, maʼruza, mavzuli kechalar, ishlab chiqarish ilgʻorlari, atoqli kishilar bilan uchrashuvlar, bayram kechalari va boshqa marosimlar oʻtkaziladi. Turli bolalar toʻgaraklari ishlaydi. Madaniyat saroylari va uylari vau. faoli-yati xalq ijodi va badiiy havaskorlikning barcha turlarini rivojlanishiga yordam beradi. Ularda xalq teatrlari, orkestr, xor, opera va xoreografiya jamoalari, ashula va raqs ansambllari ijod qiladi. Oʻzbekistonda Madaniyat ishlari vazirligi tizimiga qarashli tuman, shahar va kishloq Madaniyat saroylari va uylari va u., shuningdek, yirik korxona kasaba uyushmalari qoʻmitasi tomonidan tashkil qilingan Madaniyat saroylari va uylari va u. mavjud. Chirchikdagi mashinasozlar (1968), Navoiydagi Farhod (1972), Toshkentdagi aviasozlar (1980) Madaniyat saroylari va uylari va u. zamonaviy uslubda qurilganligi bilan ajralib turadi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida Madaniyat saroylari va uylari va u. respublika boʻyicha 2177 ta (2003).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil