Tohir Mullajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mullajonov Tohir Ohunovich
Tavalludi 1950-yil 10-oktabr
Marg'ilon, Farg'ona, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi O'zbekiston Respublikasi
Xizmatdagi yillari 1969-1971-yillar
Unvoni General-mayor
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Bilimi Oliy ma'lumotli
Otasi Mullajon Oxunov
Onasi Rabaxon Oxunova

Mullajonov Tohir Ohunovich (1950-yil 10-oktabr, Marg‘ilon, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston SSR) – davlat arbobi, uzoq yillar ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan, general-mayor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohir Mullajonov 1950-yil 10-oktyabrda Marg‘ilonda, dehqon oilasida dunyoga keldi. Otasi – Mullajon Oxunov, onasi – Rabaxon Oxunova. Tohir Mullajonov oilada besh farzandning kenjasi hisoblanadi.[1]

Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marg'ilon shahridagi o'rta maktabning 8-snfini tamomlab, Tohir Mullajonov 1965-yilda Marg'ilondagi tibbiyot bilim yurtida o'qishni davom ettiradi. Bilim yurtidagi o‘qishini tugatishi bilanoq 19691971-yillarda Tinch okeanidagi harbiy flotda muddatli harbiy xizmatni o‘taydi. 1973-yilda Toshkent Oliy militsiya maktabiga o‘qishga kiradi. 1982-yilda Moskva shahridagi sobiq Ittifoq Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida o'qiydi.

Ish va xizmat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohir Mullajonov muddatli harbiy xizmatdan qaytgach, Oltiariq tumanidagi «Fayziobod» mahalliy kasalxonasida feldsher bo‘lib ishlaydi. Toshkent Oliy militsiya maktabini tamomlab, yo‘llanma orqali Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shtabida inspektor, katta inspektor, keyinchalik Farg‘ona shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig'i o'rinbosari lavozimlarida xizmat qiladi. Moskva shahridagi sobiq Ittifoq Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlab Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i lavozimida xizmatni davom ettiradi va keyinchalik Qo'qon shahar ichki ishlar bo'limi boshlig'i hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasida boshqa turli lavozimlarda xizmat qiladi. Tohir Mullajonov 1992-yilda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. 1997-yildan boshlab xizmatni Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i lavozimida davom ettiradi. Tohir Mullajonov rahbarligi davrida Forish va Baxmal tumanlari ichki ishlar bo'limlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi. Jizzax shahri va Zomin tumanlarining ichki ishlar bo'limlari binolari ta'mirlandi. Tohir Mullajonov 2001–2002-yillarda Buxoro viloyati, 20022004-yillarda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmalariga rahbarlik qildi. 2002-yilda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Tohir Mullajonov buyrug‘i bilan «Mehnat va shuhrat» muzeyi tashkil etilgan.[2] 2004–2006-yillarda Ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida xizmat olib bordi. 2005-yil may oyida Andijon viloyatida sofdir etilgan tartibsizliklarni bartaraf etishda faol ishtirok etadi. 2006–2007-yillarda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga rahbarlik qildi. 2007–2016-yillar davomida Toshkent harbiy bilim yurti boshlig'ining o'rinbosari, 2017–2018-yillarda Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri sifatida faoliyat olib bordi. 2018-yildan boshlab faoliyatini Toshkent shahar Xalq qabulxonasi mudiri sifatida davom ettirmoqda.[3][4]

General-mayor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohir Mullajonov O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2003-yil 11-yanvardagi Farmoniga muvofiq «General-mayor» unvoniga sazovor bo'ldi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2000-yil 27-avgustdagi PF-2703-son Farmoniga asosan 2-darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlangan.[5] 2018-yilda «Do'stlik» ordeni bilan taqdirlangan.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]