Timothy Doner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Timothy Doner
Tavalludi 25-oktyabr 1995-yil (1995-10-25) (28 yosh)
Fuqaroligi AQSh

Timothy „Tim“ Doner (1995-yil 25-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik giperpoliglot, sobiq ijtimoiy media shaxsi va Vashingtonda joylashgan Ilgʻor mudofaa tadqiqotlari markazining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan tashqi siyosat tahlilchisi[1]. Harvard universiteti[2] va Cambridge universiteti bitiruvchisi[3]. U 17 yoshida 2013-yilda 20 xil tilda gapirgan YouTube videosini chiqargach, mashhurlikka erishdi[4]. Timothy New Yorkning Manxetten shahrida tugʻilgan va East Villageda istiqomat qiladi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Timothy Doner, Doner Betsy va Ezra Doner oilasida 1995-yil 25-oktabrda AQShning New York shtatidagi Manxetten shahrida tugʻilgan. Timning tillarni oʻrganishga kirishishi, 13 yoshida, u oʻzining sevimli fank guruhi Hadag Nahashning soʻzlarini yodlaganidan keyin 2009-yilda qiziqish tufayli ibroniy tilini oʻrgana boshlaganida boshlangan[5]. Keyin u arab[6] va boshqa tillarga, masalan, fors, pushtu, hind, indoneziya, volof, hausa, suahili, isixosa, ojibve, golland, italyan, yapon va boshqa tillarni oʻrgangan[7].

Tillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doner ravon gapira oladimi yoki yoʻqmi, buni omma oldida koʻrsatgan tillar, bular, (hech qanday tartibda emas).

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliyaning Sunrise shou dasturiga bergan qisqa intervyusida Doner fors tili uning sevimli tillaridan biri ekanligini va XIV asrda yashagan Eron shoiri Hofiz-e-Shiraziy asarlarini oʻqishni yaxshi koʻrishini aytgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Krost Symposium: Multilingualism Matters“ (en). Texas Lutheran University. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  2. Talkoff, Emma K.. „A Talk With the Polyglot“. The Harvard Crimson (2014-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  3. „Achieving Awesomeness Now: Now You're Speaking My Language with Timothy Doner on Apple Podcasts“ (en-US). Apple Podcasts. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  4. Leland, John. „Adventures of a Teenage Polyglot“. The New York Times (2012-yil 9-mart). Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  5. „TIMOTHY DONER: Teen speaks 23 languages“ (en). The Week UK (2013-yil 10-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  6. Reuters. „Teen polyglot speaks of affinity for Hebrew“ (en). Ynetnews (2013-yil 13-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  7. „Why I taught myself 20 languages — and what I learned about myself in the process“ (en-US). ideas.ted.com (2015-yil 9-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  8. Timothy Doner talks about his favorite language (inglizcha), qaraldi: 2022-01-29