Idish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suv ichish uchun mo'ljallangan idish

Bardak ya'ni ichimlik ichish uchun mo'ljallangan oshxona idishi bo'lib, odatda shishadan tayyorlanadi. Ichimliklarni iste'mol qilish uchun qulay shaklda yaratilgan. Ichimlik turlariga monand ravishda ushbu idishni ham juda ko'p turlari mavjud. Distillangan ichimliklar iste'mol qilishda ishlatiladigan turlari odatda qadah deb ataladi.

Qadah turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv stakani[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv stakani - silindrsimon ko'rinishga ega, 200-250 ml hajmli, odatda suv, gazlangan suv va ayron kabi sovuq ichimliklar iste'mol qilish uchun mo'ljallangan va yuqoridan pastga qarab biroz toraygan (diametri qisqargan) stakan shaklida ishlab chiqariladi.

Choy piyola[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatda choy ichish uchun mo'ljallangan, ko'rinish jihatidan o'rta sohasi toraygan (ingichka bel) silindr shaklida ishlab chiqarilgan kichik piyola.

Pivo ichish uchun mo'ljallangan idish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pivo ichish uchun mo'ljallangan idish odatda, taxminan, 1-2 litr hajmdan ko'p bo'lmagan suyuqlikni o'ziga sig'dirish uchun ishlab chiqarilgan katta stakan. Undan asosan pivo va sidr kabi sovuq va alkogolsiz ichimliklarni iste'mol qilishda keng foydalaniladi.