Xausa (til)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xausa — somhom (afrikaosiyo) tillari makrooilasining chad tillari tarmogʻiga mansub va Shim. Nigeriya, Niger, Chad, Kamerun, Gana, Benin, Togo kabi mamlakatlarda tarqalgan til. Gʻarbiy Afrikada qabilalararo, urugʻlararo til sifatida keng qoʻllanadi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 31 mln. (baʼzi manbalarda 40 mln.) kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). X.ning asosiy lahjalari — kano, katsina, sokoto, zariya, xalajiya, damagaram, gobir va boshqa — bir-biriga juda yaqin; asosan feʼl tizimi va kishilik olmoshlari sohasidagi koʻplab tafovutlar shim.gʻarbiy lahjalarda (Niger va Nigeriya) uchraydi. Hozirgi adabiy X. kano lahjasi asosida shakllangan.

X. oʻziga xos fonetik va morfologik xususiyatlarga ega. Soʻz oʻzgarishi va soʻz yasalishi tizimida affikslar (suffiks va prefikslar), shuningdek, ichki fleksiya alohida rol oʻynaydi. Leksikasi, asosan, tub chad soʻzlaridan iborat; arab, ingliz, fransuz va qoʻshni tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina. 18-asrdan arab alifbosi asosidagi ajamiy yozuvidan, 19-asr oxiridan esa baʼzi diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosidan foydalanadi. Gaz., jur. va kitoblar, asosan, lotin grafikasida, anʼanaviy sheʼriyat va diniy (islomiy) adabiyot ajamiy yozuvida nashr etiladi. Ajamiyda nashr etilgan adabiyotda garbiy yevropa tillaridan oʻzlashmalar deyarli uchramaydi. Nigeriyaning shim. shtatlarida X. maʼmuriy sohada, maktab taʼlimida (ayniqsa, boshlangʻich maktablarda), radioeshittirishlarda ingliz tili bilan bir darajada qoʻllanadi.