Suaxili tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Suaxili tili
Milliy nomi Kiswahili
Rasmiylik holati Tanzaniya
Keniya
Kongo Demokratik Respublikasi
Ruanda
Uganda
Turkumlanishi
Til oilasi Niger-kongo tillari
Alifbosi lotin va arab
Til kodlari
ISO 639-1 sw
ISO 639-2 swa
ISO 639-3 swa

Suaxili tili, kisuaxili - bantu tillarining sharqiy guruhiga mansub til; eng avvalo suaxili xalqi shu tilda soʻzlashadi. Sharqiy va Mapkaziy Afrika mamlakatlarida tarqalgan (asosan, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, Keniya Respublikasi va Uganda Respublikasida ingliz tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi). Turli manbalarga koʻra, soʻzlashuvchilarning umumiy soni 35— 55 mln. kishi atrofida. S. kiungu, kimvita, kingare, kiunguja, kitumbatu, kivumba kabi 20 ga yaqin lahjadan iborat. S. taxminan 7—8-asr larda Sharqiy Afrika qirgʻogʻi xalqlarining Afrika ichki hududlari va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari tufayli ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi jarayonida shakllana boshlagan. Turli davrlarda S.da kiamu, kimvita va kiunguja lahjalari ustunlik qilgan. Kiunguja lahjasi haqiqiy S. areali (Zanzibar o.)dan tashqariga chiqib, Sharqiy va Markaziy Afrikaga tarkalgan va adabiy tilga asos boʻlgan. Bantu tillari ichida S. katta miqdordagi arabizmlar (barcha soʻzlarning 40%) mavjudligi, qad. yozuv anʼanasiga egaligi bilan ajralib turadi. S. 10—11-asrlardan arab grafikasi, 20-asr boshlaridan esa lotin grafikasi asosidagi yozuvga ega.



Pll