Timchai Xon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Timchai Xon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Timchai Xon madrasasi haqida faqat Mu’in al-fuqaro Ahmad ibn Mahmud asarida maʼlumot keltirilgan. U Aimmai Sharistoniy qabri to‘g‘risida to‘xtalib quyidagi maʼlumotlarni ham beradi: "Yana biri Timchai Xon madrasasidagi al-fuzalo xazirasi. Birinchisi zu-l-bayonayn (ikki bayon egasi) sohib ul-lisonayn (ikki til sohibi) arab va ajam allomasi mavlona Raziyiddin Nishoburiy, boshqasi, Alloh rozi bo‘lgur, Utba ibn G‘azvon as-Sahobiy xonadoniga mansub „Yaminiymuallifi Abu Nasr Muhammad ibn Abdujabbor al-Utbiy nikidir". Ushbu o‘quv dargohi somoniylar davrida qurilgan „Dor ul-marzashifoxonasi atrofida joylashgan. Abdumalik ibn Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoilning davrida uning vaziri va „Kitobi Yaminiy“ muallifi, Xudo rahmat qilgur, Ahmad ibn Hasan al-Utbiy uning go‘ri Mansur darvozasi mahallasida xon hammomining yonidadir, madrasa ro‘parasiga juda yaxshi bir masjid qildi va shu masjid tufayli o‘sha mavze kamol topdi. U dono amir otdan yiqilib o‘lgach, qullar kechasi saroyga kirib talashga kirishdilar. Amirning yaqin kishilari va kanizlari o‘rtasida janjal chiqib, saroyga o‘t qo‘yib yubordilar. Saroy butkul yonib ketdi. Undagi tilla va kumushdan yasalgan hamma go‘zal buyumlar yaroqsiz bo‘ldi. Axiyri u binolardan biror nishon qolmadi". XV asrgacha mavjud bo‘lgan. Keyingi davrlardagi faoliyatiga oid axborot topilganicha yo‘q.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 413.