Tesla (kompaniya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tesla, Inc. (avvalgi nomi Tesla Motors) — AQShning elektromobillar va elektr energiyasini saqlash texnologilarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi[1][2][3][4]. Kompaniyaga 2003-yilda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan asos solingan lekin Teslaning hozirgi maʼmuriyati kompaniya asoschilari safiga Elon Musk, Jeffrey Brian Straubel va Ian Wrightni ham qoʻshishadi[5][6]. Kompaniya mashhur elektrotexnik Nikola Tesla sharafiga nomlangan.

Kompaniya aksiyalari 2021-yil 8 mart kuni bo‘lib o‘tgan savdolar jarayonida yanvar oyida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichning uchdan bir qismini yo‘qotdi. Kompaniyaning kapitallashuvi qariyb 300 milliard dollarga kamaydi. Yil boshida «Tesla»ning kapitallashuvi 850 milliard dollarga yaqinlashgandi[7]. 2021-yil 12-martda Fremont shahridagi Tesla zavodida yongʻin sodir boʻldi[8].

Tarixi[tahrir]

Tesla Motors (hozirda Tesla, Inc.) kompaniyasi 2003-yil 1-iyulda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bir necha oydan keyin ularga Ian Wright ham qoʻshilgan. 2004-yil fevralda ular 7,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishdi, Bu pulning 6,5 millionini Elon Musk toʻlagan. Musk direktorlar kengashi raisiga aylangach, Eberhardni bosh direktor lavozimiga tayinladi.

AQSHning Kaliforniya shtati Frimont shahrida joylashgan elektr transport vositasi ishlab chiqaruvchi „Tesla“ zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in zavodning qurilish ishlari olib borilayotgan qismida sodir bo‘lgan, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan. Yong‘in shtamplovchi uskunaning ichida suyuq alyuminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan[9].

Taqiq[tahrir]

„Wall Streat Journal“ gazetasi o‘z manbalariga asoslanib, Xitoy hukumati Amerikaning „Tesla“ kompaniyasi elektromobillari milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin deb hisoblayotgani va shu bois harbiylar, strategik korxonalar xodimlari va davlat idoralari vakillariga ulardan foydalanishni taqiqlaganini aytgan. „Tesla“ avtomobillari egalariga strategik muhim korxonalar va davlat idoralari xodimlari yashaydigan uylar hududiga kirish taqiqlangan.

„China Development Forum“ (Xitoy taraqqiyot forumi)da videomuloqot orqali so‘zga chiqqan Mask kompaniya elektromobillari naqafat Xitoyda, balki dunyoning hech bir nuqtasida josuslik maqsadida ishlatilmasligini maʼlum qilgan:

Bizda har qanday maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashimiz kerakligini ko‘rsatuvchi muhim sabablar bor. Shunday ekan, agar „Tesla“ Xitoyda yoki boshqa joylarda josuslik qilish uchun avtoulovlardan foydalanganida, allaqachon yopilgan bo‘lardi[10].

Xitoyda „Tesla“ kompaniyasiga raqobatchi paydo bo‘ldi. Xitoyning elektromobillarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida „Volvo“ va „Lotus“ kompaniyalariga egalik qiluvchi „Geely“ kompaniyasi o‘zining „Zeekr“ brendi ostida elekromobillar ishlab chiqarishini maʼlum qildi. Xitoyda 2025-yilga qadar mamlakat bozorlarida sotiladigan avtomobillarning beshdan bir qismini elektomobillar tashkil etadi[11].

Texnik nosozlik[tahrir]

„Tesla“ kompaniyasi texnik nosozlik sabab yangi elektromobil uchun yuzlab xaridorlari hisob raqamlaridan ularning ruxsatisiz ikkinchi marotaba pul yechib oldi. Xaridorlar pullarini qaytarib olishga urinmoqda, ammo hozirgacha hech kim bunga erisha olmagan.

kompaniya qiymati 37 dan 71 ming dollargacha bo‘lgan pullarni mijozlarning ruxsatisiz, shuningdek, birorta ogohlantirishlarsiz bank hisob raqamlaridan yechib olgan[12].

Aksiyalar narxining oshishi[tahrir]

«Tesla» elektromobillar yetkazib berish va ishlab chiqarish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. U o‘z mijozlariga chorak davomida 184,8 mingta elektromobil yetkazib bergan. «Tesla»ning aksiyalari NASDAQ birjasida 5 aprel kuni o‘tkazilgan dastlabki savdolarda 7,9 foizdan 714 dollar qog‘ozga o‘sgan. Savdo boshlanishiga bir soat qolmasdan, qimmatli qog‘ozlar 711,5 dollarni tashkil qilgan va avvalgi yopilish narxiga 7,5 foiz qo‘shilgan[13].

Manbalar[tahrir]

  1. Hirsch, Jerry. „Elon Musk: Model S not a car but a 'sophisticated computer on wheels'“, Los Angeles Times (19-Mart 2015-yil). Qaraldi: 9-May 2015-yil.
  2. „Tesla delivers Model X electric SUV to take on luxury carmakers“ (30-Sentabr 2015-yil). 29-Noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  3. „Tesla Motors - Premium Electric Vehicles“. Tesla Motors. Qaraldi: 12-Aprel 2015-yil.
  4. Higgins, Tim. „Tesla Motors Closes SolarCity Acquisition“, Wall Street Journal (21-Noyabr 2016-yil).
  5. Burns, Matt „A Brief History of Tesla“(ingl.). TechCrunch (8-Oktabr 2014-yil). — „"Тесла была создана в июле 2003 года не Илоном Маском, а Мартином Эберхардом и Марком Тарпеннингом. Именно они запустили компанию и развивали её до тех пор, пока в феврале 2004 года Илон Маск не инвестировал в неё 7,5 миллионов долларов."“. Qaraldi: 11-Iyun 2015-yil.
  6. „Tesla Motors founders: Now there are five“, CNET (21-Sentabr 2009-yil).
  7. „Илон Маскнинг «Tesla» компанияси акциялари қиймати бирданига 3 бараварга пасайди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 9 март.
  8. „Илон Маскнинг «Tesla» заводида ёнғин содир бўлди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
  9. „Илон Маскнинг «Tesla» заводида ёнғин содир бўлди — видео“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 12 март.
  10. „Илон Маск «Tesla» автомобиллари жосуслик учун фойдаланилиши ҳақидаги хабарга муносабат билдирди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 21 март.
  11. „Хитойда «Tesla» компаниясига рақобатчи пайдо бўлди“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 25 март.
  12. „«Tesla» 100 дан ошиқ харидорлар ҳисоб рақамларидан рухсатсиз пул ечиб олди“. Bugun.uz. Qaraldi: 1-Aprel 2021-yil.
  13. „«Tesla» акциялари кескин кўтарилди“. Bugun.uz. Qaraldi: 6-Aprel 2021-yil.