Temir xotin (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
-
Temir Xotin
Rejissor Isamat Ergashev
Produser Isamat Ergashev
Ssenariy muallifi Sharof Boshbekov
Mahmud Toʻychiyev
Rollarda Murod Rajabov
Dilorom Egamberdiyeva
Jamshid Zokirov
Gʻani A'zamov
Bastakor Farrux Zokirov
Rustam Ilyosov
Kinematografiya Rifqat Ibrohimov
Distributor Oʻzbekfilm
Premyera sanasi Oʻzbekiston bayrogʻi Toshkent, 1990-yil
Mamlakat Oʻzbekiston
Til Oʻzbek

„Temir xotin“ — Sharof Boshbekovning shu nomli asari boʻyicha, rejissor Isamat Ergashevning 1990-yilda suratga olingan kinofilmi. Film qishloq hayotidagi tashvishlarni yoritadi.

Mazmuni[tahrir]

Mexanizator Qoʻchqor aka oddiy qishloq hayoti kechiradi. Bir kuni uyga odatdagidek ichib kelib, toʻpolon qilganidan soʻng, uning xotini bolalarni koʻtarib, uydan ketadi („saboq“ boʻlsin, deya). Shu kuni Qoʻchqor akaning uyiga uning tanishi boʻlmish shaharlik muhandis-robotexnik Olimtoy keladi. Olimtoy shu qishloqqa paxta teruvchi ginoid-robotni olib kelib, sinov ishlarini boshlamoqchi boʻladi. Qoʻchqor akaga robot yoqib qoladi, unga „Alomat“ degan ism qoʻyadi. Hatto u bilan oila qurish uchun doʻsti Dasayevni olib kelib, unga nikoh oʻqittiradi. Bu orada Alomat qishloqlik odamlar hayotini tahlil qilib, kognitiv dissonansga uchraydi va yuqori kuchlanishli transformatorga ulanib, xudkushlik qiladi. Olimtoy buni Qoʻchqor akadan koʻradi, u robotni oʻta mushkul ishlar bilan qiynab yuborganini taʼkidlaydi. Qoʻchqor aka bu ayblovlarni rad etadi, Alomatga har oʻzbek ayoli qiladigan kundalik ishdan boshqa ish yuklamaganini aytadi.

Rollarda[tahrir]

Tasviriy guruh[tahrir]

Saundtrek[tahrir]

"Oq va qora", Farrux Zokirov va Yalla ansambli. Yulduz Usmonova.

Texnik maʼlumotlar[tahrir]

  • „Oʻzbekfilm“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan suratga olingan.
  • Badiiy film, rangli.