Dilorom Egamberdiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dilorom Egamberdiyeva
Tugʻilishi 25-oktabr 1962-yil (1962-10-25) (59 yosh)
Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1981 – hozirgacha
Bolalari 1
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1995)

Dilorom Egamberdiyeva (1962-yil 25-oktabrda tugʻilgan) — oʻzbek aktrisasi. U aktrisa oʻlaroq ilk faoliyatini 1981-yilda suratga olingan Oltin jun filmida Zuhra ismli tarjimon qiz roli bilan boshlaydi. U Kelinlar qoʻzgʻoloni (1984) filmida jonlantirgan Nigora, Armon (1987) filmida jonlantirgan Xumor hamda Temir xotin (1990) filmida jonlantirgan Alomat kabi rollari ortidan shuhrat qozongan.[1]

1995-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist mukofotiga loyiq topilgan.[1]

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilorom Egamberdiyeva 1962-yil 25-oktabrda Oʻzbekiston SSRning Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maktabni tamomlagach, Sergey Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil oladi va 1983-yilda uni bitiradi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Egamberdiyevaning aktrisa sifatida debyutini 1981-yilda Muxtor Aga-Mirzayev va Latif Fayziyev tomonidan suratga olingan Oltin jun (Zolotoye runo) filmida Zuhra ismli tarjimon qiz roli bilan boshlaydi.[2] Uning Melis Abzalov tomonidan suratga olingan Kelinlar qoʻzgʻoloni (1984) filmida jonlantirgan Nigora roli unga shuhrat keltirdi. Keyinchalik, u Hujum va Poklanish kabi filmlarda rol ijro etdi. U yana 1987-yilda suratga olingan Armon filmida Xumor, 1990-yilda suratga olingan Temir xotin filmida esa Alomat rolini jonlantirdi va bu filmlardagi rollari orqali ham tanildi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar Manba(lar)
1981
Oltin jun Zuhra ismli tarjimon qiz [2]
1983
Uygʻonish
Yolgʻiz
1985
Kelinlar qoʻzgʻoloni Nigora
1985
Sozvezdiye lyubvi Mohigul Telefilm
1986
Armon Xumor
Okhota na drakona
Ataka Rus tilidagi film
1987
Iskuplenie
1987
Temir xotin Alomat
2009
Yulduzingni ber osmon
2009
Chol va nabira Gʻanisherning onasi
2010
Madina
2016
Baron [3]

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar Manba(lar)
2007
Zastava Nodirshoxning rafiqasi

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Egamberdiyeva 1990-yilda turmushga chiqqan va bitta qiz farzandi mavjud.[1][manba kerak]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]