Kontent qismiga oʻtish

Isamat Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Isamat Isoqovich Ergashev (1945-yili 22-fevralda Chimkentda dunyoga kelgan) — oʻzbek kinorejissori, ssenariychi. 2000-yili Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Isamat Ergashev 1945-yil 22-fevralda Qozogʻistonning Chimkent shahrida tugʻilgan. Aktyor oilada eng katta farzand boʻlib, uning bir ukasi va bir singlisi boʻlgan.

U yoshligidan aktyorlikka qiziqqani bois, ota-onasining qarshiligiga qaramasdan, maktabni tamomlagach Toshkentga kelgan hamda, Toshket teatr va rassomchilik sanʼati oliygohida tahsil olgan. Bu maskanda oʻqish bilan birga, qilichbozlik sport turi bilan ham shugʻullangan. Institutni tamomlagach, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. “Yosh gvardiya” tomoshabinlar davlat teatrida ham u turli rollar ijro etgan.

1972-yilga kelib aktyor teatrni butunlay tark etgan va oʻz faoliyatini kinoaktyor sifatida davom ettirgan.

Aktyorni xalqqa tanitgan roli bu "Mehrobdan chayon" filmidagi Anvar obrazi boʻlgan. Aynan shu roli bilan u nafaqat Oʻzbekistonda, balki Oʻrta Osiyodagi davlatlar orasida katta mashhurlikka erishgan. Isamat Ergashev oʻz faoliyati davomida bugungacha "Sevgi afsonasi“,”Yettinchi jin", "Begona bahor", "Osiy banda" va "Mergan militsiya" kabi 40 oshiq filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari u rejissor sifatida "Temir xotin“, ”Sharif-Marif" va "Amir Temur" kabi 20 ga yaqin, bizga tanish filmlarni suratga olgan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1965 — Natashaxonim — Sobir
  • 1966 — Sayatning qoʻngʻirogʻi — Razzoq
  • 1966 — Kaniyut gʻorining siri
  • 1967 — Xiyonat — Karim
  • 1967 — General Rahimov
  • 1968 — Vatan oʻgʻlonlari — kanslager asiri
  • 1968 — Qizil qumlar
  • 1972 — Tashvish davri
  • 1973 — Unutilgan oʻtmish siri — Said
  • 1973 — Zulmatdan qochish
  • 1973 — Salom, mehribon inson
  • 1975 — Oʻzligingni angla (TV)
  • 1976 — Yettinchi jin (TV)
  • 1976 — Yilning toʻrt fasli
  • 1978 — Xorazm afsonasi
  • 1979 — Yomgʻir (TV) — Aziz
  • 1979 — Chinor ostidagi duel
  • 1982 — 107 yoʻriqnomasi boʻyicha burilish — adyutant
  • 1983 — Garov (1983) — Daler
  • 1985 — Sevgi afsonasi (TV)
  • 1985 — Leytenant Nekrasov aybdor
  • 1988 — Shok
  • 1989 — Sherali va Oybarchin
  • 1993 — Sharif va Marif
  • 2005 — Goʻzallik siri
  • 2011 — Osiy banda[1]

Rejissorlik ishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Buyuk Amir Temur (1996)
  • Sharif i Marif (1993)
  • Temir xotin (TV, 1990)[2]