Sultonshoh Xorazmshoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sultonshoh Xorazmshoh, Sultonshoh Mahmud, Jaloliddin Mahmud Sultonshoh (? — 1193-yil 19.9) — Anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar davlati shahzodasi(1172—93). Elarslon va Turkon xotunning kenja oʻgʻli. Sultonshohning akasi Takash Jand viloyatida voliy boʻlib turgani uchun otasi oʻlimi oldidan Sultonshohni valiaxd etib tayinlagan. Ammo, davlat va harbiy ishlarga uning onasi Turkon xotun bosh boʻlgan. Takash Sultonshohga boʻysunishdan bosh tortgan, u qoraxitoylar yordamida Gurganjga qoʻshin tortgan. Sultonshoh onasi bilan Nishopurga qochib borib Muayyid addavla OyAbo quzuridan panoh topgan. 1172-yil 11-dekabrda Takash rasman Xorazm taxtiga oʻtirgan, biroq, Sultonshoh bilan Takash oʻrtasidagi kurash yana 20 yil davom etgan. Sultonshoh Xurosondagi bir qancha viloyat, shaharlarni egallab, Marv shahrini oʻziga qarorgoh qilgan. U Takashga qarshi kurashda goh qoraxitoylardan, goh gʻuriylardan koʻmak olib turgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Buniyodov 3., Anushtegin xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998.