Valiahd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valiahd (arab.— toju taxt merosxoʻri. voris) — podshoh yoki xonning tiriklik chogʻida oʻz xohishi yoxud kasalligi tufayli oʻz oʻrniga tayin qilgan shaxs. V. uning oʻgʻli yoki boshqa bir kishi ham boʻlishi mumkin. V. podshoh yoki xonning karoridan keyin maxsus davlat kengashida (unda sayyidlar, nufuzliamir va mansabdorlar, podshoh yoki xonning balogʻatga yetgan yaqin qarindoshlari qatnashgan) tasdiqlangan. Chingizxon va Amir Temur zamonida V. tayinlashda ularning yoshiga emas, balki davlatni boshqara olish qobiliyatiga eʼtibor berilgan. Mas., Amir Temur ham oʻgʻillari Mironshoh va Shohruxni emas, balki nabirasi Muhammad Sultonni, u vafot etgach, Mirzo Jahongirning oʻgʻli Pirmuhammadni V. qilib tayinlagan edi. Shayboniylar va ashtarxoniylar zamonida (16—17-asrlar) xon xonadoniga mansub yoshi ulugʻ kishilargina V.likka tayinlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil