Sulton Joʻra
| Sulton Joʻra | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi |
15-yanvar 1910-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumani Qogʻoltom qishlogʻi |
| Vafoti |
10-noyabr 1943-yil (33 yoshda) Gomel, Gomel viloyati, Belarus SSR |
| Taʼlimi | Buxoro pedagogika texnikumi |
| Kasbi | yozuvchi, shoir |
| Turmush oʻrtogʻi | Mohira Isayevna Joʻrayeva |
| Mukofotlari |
|
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton Joʻra (taxallusi; asl ism-sharifi Joʻrayev Sulton) (1910-yil 15-yanvar; Buxoro viloyati Shofirkon tumani — 1943-yil 10-noyabr; Gomel shahri) — shoir. Buxorodagi pedagogika bilim yurtida oʻqigan, soʻng maktabda oʻqituvchilik qilgan (1930—1936). 1936—1939-yillarda Andijon pedagogika institutida oʻqigan va shu yerda dars bergan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi; urushda halok boʻlgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton Joʻraning „Fidokor“ (1939), „Shodligim“, „Ochiq chexralar“ (1939), „Moskva“ (1941) sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1939-yil shoir ijodining eng samarali pallasi boʻlib, u shu yili „Parvoznoma“ balladasi, xalq rivoyatlari asosida „Zangori gilam“, „Qaldirgʻoch“, shuningdek, „Karim va Qunduz“ dostonlarini yozgan. Shoirning mashhur italyan astronomiga bagʻishlangan „Bruno“ dostoni (1938) 30-yillarda yaratilgan oʻzbek dostonlarining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Badiiy soddalik, samimiylik, xalq ogʻzaki ijodiga yaqinlik Sulton Joʻra sheʼriyatining eng yaxshi xususiyatlaridir. Shoirning adabiy merosida bolalar hayotidan olingan asarlar alohida oʻrinni egallaydi. Uning soʻnggi asari — „Iroda“ dramasi (1942, Vosit Saʼdulla bilan hamkorlikda) Andijon viloyat teatrida sahnalashtirilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoirning jasadi Gomel shahri Loyev tumani Kozerogi qishlogʻida dafn etilgan. Andijon, Buxoro va Shofirkon shaharlaridagi koʻchalarga, shuningdek, Shofirkon tumanidagi maktab, kinoteatr va fuqarolar yigʻiniga Sulton Joʻra nomi berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Moʻminov Gʻ., Otashqalb shoir, T., 1970; Aliyev S, Buxoroda bitilgan baytlar, T., 1992.
- Yomgʻirdan soʻng, T., 1965; Sheʼrlar, T., 1 1973.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 15-yanvarda tugʻilganlar
- 1910-yilda tugʻilganlar
- Shofirkon tumanida tugʻilganlar
- 10-noyabrda vafot etganlar
- 1943-yilda vafot etganlar
- Gomel viloyatida vafot etganlar
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Alifbo boʻyicha shoirlar
- Oʻzbekistonlik erkak shoirlar
